Afg‘onistonlik marshal Abdulrashid Do‘stumning qizi Rohila Do‘stum Istanbulda ayollar yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Foto: Facebook / @Dostum_rahila
Yig‘ilishdan maqsad “Tolibon” tomonidan Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olishi va ishlashiga qo‘yilgan cheklovlarni rad etish bo‘lgan. Ishtirokchilardan ayollarning jamiyat hayotining barcha jabhalarida hech qanday shartlarsiz erkaklar bilan teng ishtirok etish huquqlarini tan olish va ta’minlash, BMTdan esa bu borada harakatga bosimni kuchaytirish talab etiladi.
Foto: Sputnik
Yig‘ilishda Kaj o‘quv markazi talabasi, terakt vaqtida ko‘zidan ayrilgan Fotima Amiriy ham bor. U BBC talqini bo‘yicha “100 nafar nufuzli va ilhomlantiruvchi ayol” ro‘yxatiga kiritilgan va Turkiyaga davolanish uchun yuborilgan.
Foto: Sputnik
Rohila Do‘stum 2021-yil mart oyida Afg‘oniston parlamenti yuqori palatasi kotibi etib saylangan va hozirda otasining jamg‘armasini boshqaradi. Shuningdek, u Do‘stumlar oilasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Turkiyada bakalavriatda o‘qishni tamomlagan.