Buxoro tumanida 23-yanvar kuni Nexia-3, Spark va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Skrin: Telegram

Ma’lum bo‘lishicha, soat 08:22 da xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 278-kilometrida avariya sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositalariga moddiy zarar yetgan. Mazkur YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: