Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Instabloger, vayner Liil Xurramov AQSHning Orlando shtatida joylashgan “Garri Potter” filmidagi atmosferani beruvchi maydonda tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Ziyoda qon bosimi baland yuradigan insonlarga tavsiya berdi.

Aktrisa Durdona Qurbonova salonda makiyaj qildirayotganida “svet” o‘chib qolgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Durdona Qurbonova yangi suratlarini ham sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

O‘zbek va qozoq xalqining sevimli san’atkori Adhambek Yo‘ldoshev tug‘ilgan kunini nishonladi. Xonanda Umida Mirhamidova hamkasbini tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.

Aktyor Azamat Ahrorov otasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Xonanda Rayhon bolaligidagi arxiv suratini folloverlariga taqdim etdi.

Foto: Instagram

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova Parijda bo‘lib o‘tadigan modalar haftaligida kolleksiyasi bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Xonanda Munisa Rizayeva barchaga sovuq kunlarda sabr tiladi.

Instabloger, xonanda Azoda yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Xonanda Malika Ravshanova onasini restoranga taklif qilib, chiroyli guldasta va iPhone 14 Pro Max sovg‘a qildi.

Shuningdek, xonanda o‘z obunachilariga ota-onalarni vaqtida asrab, xizmatlarini qilish kerakligini, aks holda bu narsalar armon bo‘lib qolishi mumkinligini aytdi.

“Farhod va Shirin” dueti xonandasi Shirin Kaliforniyada tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

“Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova Xorazmdan kelgan mehmon unga turli taomlar tayyorlab bergani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Shuningdek, Shahlo Zoirova sovuq ob-havoda qo‘l keladigan layfxakni muxlislariga taqdim etdi.

Xonanda Shahlo Ahmedova yangi klipiga kasting e’lon qilganini ma’lum qildi va ishtirokchilarning yoshi 25 yoshdan 45 yoshgacha bo’lishi kerakligini ta’kidladi. U muxlislariga kastingning boshqa talablari haqida ham ma’lumot berdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Ra’no Shodiyeva muxlislariga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan yangi videosini namoyish qildi.

Mashhura Zulfiqorova yangi suratini folloverlariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Xonanda Kaniza ayni kundagi “svet” va gaz muammolari haqida fikr bildirdi.

Turk aktrisasi Hande Erchel onasi bilan tushgan arxiv suratini obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Parizoda o‘zbekistonlik shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli ancha payt tushkunlikka tushib qolgani haqida muxlislariga gapirib berdi.

“Umurtqa pog‘onangiz singan, operatsiya qilib, temir qo‘yish kerak, aks holda falaj bo‘lib qolasiz. Raqsga tushish umuman mumkin emas, deyishgandi”, — deydi raqqosa.

“Ummon” guruhi xonandasi Zohid Risqiyevning rafiqasi Kamola Ortiqova turmush o‘rtog‘ining ahvoli yaxshi ekanini, ammo xotirasi hali ham to‘liq tiklanmaganini, tuzalishi uchun vaqt kerakligini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Lola qizalog‘i Aishaning raqsga tushgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.

Lola Aishaning yangi suratini ham obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Lolaning singlisi, instabloger Anora turmush o‘rtog‘i bilan 15 yoshga to‘lgan o‘g‘lining tug‘ilgan kuniga Mercedes-Benz avtomobilini sovg‘a qildi.

Aktrisa Halima Ibragimova Dubay shahrida sayohat qilayotgani aks etgan videoni folloverlariga ko‘rsatdi.

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev Umra safarini ado etdi.

Foto: Instagram

Instabloger, vayner Xoliqjon yangi qurilayotga turar joy majmuasidan uy xarid qildi.

“Afandining qizlari” kulgi jamoasi a’zosi Muborak Abdullayeva gaz va “svet” bo‘lmasa ham shukr qilish kerakligi haqidagi fikrlarini bildirdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva sovuq ob-havoda kelinlik libosida suratga olish jarayonlarida ishtirok etdi.

Zarina Yo‘ldosheva yangi suratini ham obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: