Toshkentning Shayxontohur tumanida tez yordam mashinasi Tracker’ga urilib, ag‘darildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 26-dekabr kuni soat 02:20 larda Sebzor ko‘chasida yuz bergan. 1963-yilda tug‘ilgan haydovchi N.A. Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker’ga borib urilib, ag‘darilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.