Ba’zida sevimli chet el qo‘shig‘ingiz aslida qanday tarjima qilinganini bilishni xohlamaysiz. Kult filmlari bilan ham xuddi shunday: sevimli aktyorlarning tarjimayi holi sizni ranjitishi yoki har qanday holatga qaramay, ilhomlantirishi mumkin.

Makoley Kalkin

Foto: Getty Images

Ko‘p yillar davomida Makoleyning ismi spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar, tabletkalar bolalikdagi ruhiy travmalar bilan yonma-yon keldi. Aktyor birinchi gonorarini “Uyda yolg‘iz” filmi uchun o‘n yoshida oladi — unga 100 ming dollar beriladi, tabiiyki, pullarni uning o‘rniga otasi Kristofer oladi.

Aynan Kristofer “yetti farzandining eng iste’dodlisi uchun” prodyuserlardan ko‘proq gonorar talab qiladi. Bir yil o‘tgach, Makoleyning maoshi million dollar, yana bir yildan keyin esa to‘rt million dollarga yetadi.

Foto: Getty Images

Bu orada shu pullar sabab Kalkinning ota-onasi ajrashadi, shuning uchun bolakay faoliyatini davom ettirolmaydi. Natijada prodyuserlar ajoyib xarizmatik bolaning o‘ziga pulining yarmini berishga qaror qilishadi. Ammo bu qaror Kalkinni botqoqlikka tortib ketadi: Reychel Mayner bilan omadsiz nikohi, Mila Kunis bilan munosabatlarining ayanchli tugashi, o‘z joniga qasd qilishga urinish, ruhiy tushkunlik, singlisining o‘limi, giyohvandlik, yaqin do‘sti Maykl Jeksonning sudlanishi shular jumlasidan.

Foto: Getty Images

Faqat so‘nggi yillarga kelibgina Makoleyning hayoti yaxshilana boshladi. 40 yoshli Kalkin birinchi marta ota bo‘ldi, musiqiy guruh tuzdi, Gucci shousida qatnashdi va “Amerikancha qo‘rqinchli hikoyalar”ning so‘nggi mavsumida rol o‘ynadi.

Kiran Kalkin

Hech kim ho‘l to‘shakda uyg‘onmaslik uchun uning yonida uxlashni xohlamagan kichkina Fuller Makkallister Makoleyning tug‘ishgan ukasi ekanligini ko‘pchilik bilmaydi. U ota-onasining sevimli o‘g‘li sifatida mashhur bo‘la olmadi. Aksincha ota kenja o‘g‘lini iste’dodli deb hisoblamasligini, balki pul sabab akasi uni doim sudrab yurishi kerakligini takrorlardi.

Foto: Getty Images

Bu moliyaviy jihatdan o‘zini oqlardi: bolalar qancha ko‘p gonarar olsa, otaning qo‘liga shunchalik ko‘p pul kelardi. Ba’zida Kristofer prodyuserlarni shantaj qilardi: ular Makoleyning uka-singillarini olishmasa, uning o‘zi ham rol o‘ynamaydi. Ammo rejissorlar akasi tanaffusga chiqqanida ham tan olinmagan aktyor bilan hamkorlikni davom ettirishadi.

Foto: Getty Images

Shuning uchun Kiran asta-sekin, lekin mustahkam qadamlar bilan oldinga chiqa oldi. Prodyuserlar u bilan hech qanday muammoga duch kelmadi: u halol ishladi va prodyuserlarga ultimatum qo‘ymadi. Xuddi shunday xotirjamlik bilan aktyor Jazz Chartonga uylandi, hozirda u bilan baxtli hayot kechirmoqda.

Ketrin OHara

Ketrin Tim Bartonning “Bitljuz” filmi chiqqandan keyin mashhur bo‘ldi, ammo “Uyda yolg‘iz” filmi uni Amerikaning sevimli aktrisasiga aylantirdi. To‘g‘ri, ko‘pchilik Ketrinni o‘g‘lini 2 marta unutib qoldirgan asabiy ona sifatida ko‘rishadi. Ammo umuman olganda, bu narsa OHaraning obro‘siga ta’sir qilmadi.

Foto: Getty Images

Vaqt o‘tishi bilan uni filmlardagi asosiy rollarga emas, balki ovoz yozish studiyasiga chaqira boshladilar. So‘nggi yillarda Ketrin multfilmlarni ovozlashtirmoqda: “Aka-uka ayiqlar”da Kata, “Maxluqlar Parijda” kartinasida Karlotta xonim, “Sohibjamol Sofi”da Morgan, “Addamslar oilasi”da Framp buvi uning ovozida gapiradi.

Foto: Getty Images

Bir necha yil oldin u tasodifan ekrandagi o‘g‘li bilan uchrashib qoladi.

Men uni anchadan beri ko‘rmagandim va biz bir yarim yil oldin uchrashib qoldik, — deydi Ketrin. — Bu Martin Mall ko‘rgazmasining ochilishida edi. U “oyi” deb yugurib oldimga keldi. Men esa unga javoban qo‘llarimni cho‘zib, “Bolajonim, seni ko‘rganimdan xursandman!”, — dedim.

Jon Xerd

Hamkasblaridan farqli o‘laroq, Kevinning otasi prodyuserlardan o‘nlab takliflarni olmagan, bu uni juda xafa qilgan. Ekrandagi rafiqasi va farzandlaridan farqli ravishda “Uyda yolg‘iz” filmida rol o‘ynaganida u karyerasini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan yulduz edi, ammo shon-shuhratga erishmaydi. Aksincha, komediyadan keyin Jon jiddiy dramatik aktyor sifatida qabul qilinmaydi.

Foto: Getty Images

Noiloj qolgan Xerd televideniyedan ish izlashga majbur bo‘ladi, bu yerda uni samimiy qabul qilishadi. Ayniqsa, Kevinning otasi “politsiya” loyihalarida muvaffaqiyat qozongan: uni “Mijoz”, “C.S.I.”, “Sopranolar”, “Jek va Bobbi” seriallaridan tanishingiz mumkin. Ammo karyerasi asta-sekin yuqoriga ko‘tarilsa-da, Jonning shaxsiy hayoti pastlay boshlaydi.

U o‘zi va oilasi haqida kam gapiradi, aslida esa u bilan deyarli hech kim qiziqmasdi. Jonning mashhurligi va mo‘maygina gonarari Makkalister roli bilan ketgandek edi go‘yo. Xerd to‘rt marta oila quradi, biroq birorta ham nikohi unga baxt keltirmaydi.

Foto: Getty Images

Aktyor yolg‘izlikda vafot etadi: belida o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasidan so‘ng u uyiga emas, mehmonxonaga boradi — u yerda aktyorning yuragi to‘xtab qoladi.

Jo Peshi

Jo — Bulgakovning “Usta va Margarita” asaridagi Volandga o‘xshaydi. Temperamentli italyan o‘zining yovuz va gangster rollari bilan tanilgan, u hatto dramatik filmlarda ham ommaning sevimlisiga aylanishga muvaffaq bo‘lgan. Uning Kris Kolambus filmidagi Garri Laym qahramoni “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Ajoyib yigitlar” va mashhur “Quturgan buqa” filmlaridan keyingi roli edi.

Foto: Getty Images

Shunga qaramay, Makkallisterlar uyiga tushgan o‘g‘ri roli uni superyulduzga aylantiradi. Jo o‘nlab loyihalarga taklif qilinadi, u yiliga 2-3 ta filmda o‘ynashga muvaffaq bo‘ladi va deyarli hech qachon tanaffus qilmaydi. Peshi 56 yoshga to‘lganidan keyin o‘zini musiqaga bag‘ishlamoqchi ekanligini e’lon qilganidagina tanaffus qiladi. Aktyor o‘z so‘zida turdi, ammo “Sevgi ranchosi” va “Irland” filmlarida rol o‘ynashini ko‘zida yosh bilan iltimos qilgan qadrdon do‘sti Robert de Niroga yo‘q deyolmaydi.

Foto: Getty Images

Deniel Stern

Garri Laymning yordamchisi — Marvin Merchants rolini o‘ynaganida Deniel ham mohir aktyor maqomida edi. 64 yoshigacha u kinoda yetmishdan ortiq personajni “jonlantirish”ga muvaffaq bo‘ladi, ammo tomoshabinlar uni archa bezaklarining parchalarini bosganda va yuzidagi o‘rgimchakni ko‘rganda baqiradigan omadsiz o‘g‘ri roli bilan eslaydi.

Foto: Getty Images

O‘sha sahna haqida gap ketganda Stern aslida tirik o‘rgimchakdan foydalanishga qarshi bo‘lgani, ammo rejissor uni bir amallab ko‘ndirganini aytadi.

Ular menga: “Bizda rezina o‘rgimchak bor, ammo haqiqiysi ham bor. Qara, u qanchalik yoqimtoy”, deb qo‘llarida yurgan o‘rgimchakni ko‘rsatishdi.

Foto: Getty Images

Stern tirik o‘rgimchakka rozi bo‘ladi, lekin chaqib olmasligi uchun nishini olib tashlashni so‘raydi — agar shunday qilinsa, hasharot o‘lishini aytishadi.

Men esa agar nishini olib tashlamasanglar, men o‘laman-ku, deb baqirdim. Ammo hamma shunchalik xotirjam ediki, yuzimga la’nati o‘rgimchakni qo‘yishga qanday ruxsat berganimni bilmay qoldim, — deb kuladi Deniel.

Devin Retrey

Kevinning badjahl akasi rolini o‘ynagan Devin bilan ham uning ekrandagi otasi kabi deyarli bir xil voqea sodir bo‘ladi. To‘qqiz yoshidan boshlab Retray rollari haqida faqat ijobiy sharhlarni oladi, u Bazz rolini ham ishonchli o‘ynaydi.

Foto: Getty Images

Yosh aktyor bu rolidan so‘ng bosh rollar, mashhurlik, shartnomalar, shon-shuhrat kelishini kutgandi. Ammo prodyuserlar uni chetlab o‘tib, maksimal darajada kichik rollarni taklif qilishadi.

Shuning uchun yoshi ulg‘aygan Devin vaziyatni o‘z qo‘liga olishga va aniq harakat qilishga qaror qiladi. U o‘zining filmini yaratadi, va, albatta, bosh rolni o‘zi o‘ynaydi. Prodyuser Sebastyan Doggart ssenariy, promouterlik va rejissorlikni o‘z zimmasiga oladi. Retreyga esa faqat bir ish qolgandi — Kandaliza Raysni o‘ziga rom qilish.

Foto: Getty Images

Devin o‘zining avvalgi mashhurligini deyarli qaytarib olishga muvaffaq bo‘ladi, faqat salbiy yo‘l bilan: bir necha kun o‘tgach, Ratreyning sevgilisi unga qarshi politsiyaga ariza berib, uni maishiy zo‘ravonlikda ayblaydi. Politsiya ular yashagan mehmonxonaga qo‘ng‘iroq qilishadi va haqiqatan ham o‘zaro janjalga guvoh bo‘lishadi.

Hillari Vulf

Kevinning ekrandagi opasi Megan 1990-yillarda mashhurlik cho‘qqisiga ko‘tariladi. Hamma u haqida gapirardi: avval “Uyda yolg‘iz” filmining yoqimtoy aktrisasi, keyin “Katta qizlar yig‘lamaydi” filmida Laura rolini o‘ynagan iqtidorli aktrisa, keyinchalik Olimpiya sportchisi sifatida ham. Hillari bularning barchasiga o‘n yil ichida erishadi.

Foto: Getty Images

“Uyda yolg‘iz - 2” filmidan so‘ng Vulf kinoni tark etadi va bor kuchini professional sportga sarflaydi. Ikki yil o‘tgach, u dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqadi, ikki yildan so‘ng esa Amerika jamoasi tarkibida Olimpiadaga yo‘l oladi. Afsuski, sobiq aktrisaga omad kulib boqmaydi — 13-o‘rinni egallaydi.

Foto: Getty Images

Xillari kinodan ketganidan afsusda emas: ona bo‘lish unga yoqqanini aytadi. U hatto mualliflik kitobini onalik strategiyalariga bag‘ishlagan.

Mavzuga doir: