Rossiya neftiga narxning yuqori chegarasini joriy etish ushbu yoqilg‘i narxini pasaytirishga yordam berishi kerak. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokazu Matsunoga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Men bu chora qanchalik samara berishi haqida taxmin qilmayman. Lekin cheklov narxlarning pasayishiga xizmat qilsa ham, ba’zi davlatlar undan bevosita foydalanmaydi, — dedi Xirokazu Matsuno.

Matsunoning so‘zlariga ko‘ra, Tokio vaziyatni kuzatib boradi va bu borada G7 davlatlari bilan ishlaydi. Yaponiya narxlarni cheklashni joriy etishni Rossiya daromadlarini kamaytirish uchun samarali vosita, deb hisoblaydi.

Yaponiya G7 davlatlari a'zosi sifatida 5-dekabrdan boshlab dengiz orqali yetkazib beriladigan neft narxiga 60 dollarlik chegara joriy etishga qaror qilgan dunyoning 32 davlatidan biri.

AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, shuningdek, Avstraliya ham buni amalga oshirdi.

G‘arb bu chorani nafaqat Rossiyani neft va gaz daromadlarining bir qismidan mahrum qilish, balki energetika inqirozi fonida kambag‘al mamlakatlarga uglevodorod yetkazib berishni ta'minlash uchun qo‘llashga qaror qildi.

2-dekabrda Yevroittifoq Kengashi Rossiya neftining narxini qayta ko‘rib chiqish mexanizmi bilan bir barrel uchun 60 dollardan cheklash qarorini rasman tasdiqlagan.

Elchilar hozirgina dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftining narxini cheklash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yozma tartib amalga oshiriladi, qaror YIning rasmiy jurnalida e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi, — deyiladi Chexiyaning YI Kengashidagi raisligi Twitter’da.

Avvalroq Rossiya Yevropa Ittifoqi joriy etgan neft narxi chegarasini qabul qilishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.