Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Saratov va Ryazan viloyatlaridagi harbiy aerodromlarga dron bilan hujum qilishga uringani, oqibatda uch harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

“5-dekabr kuni ertalab Kiyev rejimi Ryazan viloyatidagi Diagilevo  va Saratov viloyatidagi Engels harbiy aerodromida Sovet reaktiv dronlaridan zarba berishga urindi”, — deyiladi bayonotda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, hujum oqibatida uch nafar harbiy-texnik xodim halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari jarohatlangan, ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Rossiya aviatsiyasi havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalangan holda past balandlikda uchayotgan Ukraina dronlarini ushlab olgani aytilmoqda.

“Rossiya aerodromlarida reaktiv dron parchalarining qulashi va portlashi oqibatida ikkita samolyotning korpusi biroz shikastlandi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bunga javoban Rossiya Ukraina harbiy qo‘mondonlik va nazorat tizimi va tegishli mudofaa 17 ta obyektlariga kuchli zarba berdi.

“Ukrainaning markazlari, energetika va harbiy qismlariga yuqori aniqlikdagi havo va dengiz qurollari bilan katta zarba berildi”, — deyiladi Rossiya Mudofaa bayonotida.

Mavzuga doir: Moldovaning Ukraina bilan chegaradosh hududiga raketa kelib tushdi (foto)