Qon saratoni bilan og‘rigan bemorlar uchun ba’zan suyak iligi transplantatsiyasi ularning hayotini saqlab qolishning yagona imkoniyati bo‘ladi. Transplantatsiya qilingan suyak iligining bitmasligi yoki boshqa asoratlar xavfini kamaytirish uchun sog‘lom hujayralar to‘liq mos keladigan donordan olinishi muhimdir. Afsuski, bu bemorlarning atigi 30 foiziga mos keladi. Yaxshiyamki, professor Siret Ratipga (Acıbadem Altunizade shifoxonasida Kattalar suyak iligi transplantatsiyasi markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori) ma’lum bo‘lgan, mos keladigan, qarindosh bo‘lmagan donor (MUD) va gaploidentik transplantatlardan transplantatsiya qilish usuli mavjud. To‘g‘ridan to‘g‘ri suyak iligi transplantatsiyasini o‘tkazish imkoni bo‘lmagan leykemiya va limfoma bilan og‘rigan ba’zi bemorlar uchun innovatsion CAR-T hujayra terapiyasi suyak iligi transplantatsiyasiga tayyorgarlik yoki unga o‘tish jarayoni sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Professor Siret Ratip

Mos keladigan qarindosh bo‘lmagan donor (MUD)

Suyak iligi transplantatsiyasining ikkita asosiy turi mavjud: bemorning o‘zidan (autologik transplantatsiya) va boshqa odamdan (allogen) ildiz hujayralaridan foydalanish. Autologik transplantatlar kamroq asoratlarni keltirib chiqaradi, ammo kasallikning qaytalanish xavfi yuqori bo‘ladi. Ular, asosan, standart kimyoterapiyaga kuchsiz reaksiya ko‘rinishidagi, limfa tugunlaridagi o‘smalar uchun ishlatiladi. Boshqa tomondan, o‘tkir miyeloid leykoz (O‘ML) va o‘tkir limfoblastik leykoz (O‘LL) kabi o‘tkir leykozlar uchun mos donordan allogen hujayra transplantatsiyasi afzalroqdir. Ushbu turdagi transplantatsiya bemorning to‘liq mos keladigan qarindosh siblingi ildiz hujayralarini talab qiladi. Biroq, donorlar bemorlarning to‘rtdan bir qismida to‘liq mos kelishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, transplantatsiyaga muhtoj bemorlarning aksariyatida to‘laqonli mos donorlar mavjud emas.

Gaploidentik donor

Gaploidentik allogen transplantatsiya bemorning yarim mos keluvchi aka-uka, ota-onasi, qizi yoki o‘g‘lining ildiz hujayralari bilan amalga oshiriladi. Qarindosh bo‘lmagan donorlarning mos transplantatlaridan farqli o‘laroq, gaploidentik transplantatsiya uchun donorni topish juda oson. Bu yerda “transplantat egasiga qarshi” reaksiyasi (TEQR): donor hujayralar retsipiyentning tanasini begona deb hisoblab, unga hujum qila boshlaydigan potensial o‘limga olib keladigan reaksiya katta xavotir uyg‘otadi. Bu allogen transplantatlarning barcha turlarida keng tarqalgan muammo, lekin ko‘proq MUD va gaploidentik transplantatsiyalarda uchraydi.

“Gaploidentik transplantatsiya qilishning eng qiyin usuli bu T-hujayrasini kamaytirish usulidir. T-hujayralarining selektiv kamayishi holatida TEQR xavfi deyarli yo‘q ”, — deydi professor Siret Ratip. Bundan tashqari, murakkab hujayrali usullar, masalan, transplantatsiyadan oldin va transplantatsiyadan 5 kun o‘tgach, mezenximal ildiz hujayralari infuziyasi ham TEQR chastotasini nazorat qilishga yordam beradi. “Bu usullarning ikkalasi ham Acıbadem Altunizade shifoxonasida qo‘llaniladi. Gaploidentik transplantatsiyaning yangi darajasi gaploidentik transplantatsiya muvaffaqiyatini to‘liq mos keladigan qarindosh bo‘lmagan donordan transplantatsiya qilish bilan bir xil darajaga qo‘yadi”, — deydi Acıbadem shifoxonasining gematologiya bo‘yicha mutaxassisi. Hujayra muhandisligi usullari nafaqat viruslardan xalos bo‘lishga, balki hayot uchun xatarli xavfini yo‘q qilgan holda, donorning immun tizimini ham bir vaqtning o‘zida bemorga o‘tkazishga imkon beradi.

CAR T – hujayra terapiyasi

“Limfomalar va leykozlarda, bizning harakatlarimizdan qat’i nazar, kasallikning qaytalanishi xavfi bo‘lgan bemorlarning darajasi yuqori darajada qolmoqda (o‘tkir leykozda taxminan 20 foiz, limfomalarda esa 20 dan 70 foiz gacha o‘zgarib turadi)” – deydi professor Siret Ratip.

Ushbu muolajaning g‘oyasi shundaki, odatda immunitet tizimi saratonni keltirib chiqaradigan hujayrani tanib oladi va undan xalos bo‘ladi. Bu G‘arbiy Yevropa va AQSHning bir nechta ilg‘or tibbiyot markazlarida qo‘llaniladigan innovatsion va kompleksli davolash usulidir. Acıbadem Altunizade shifoxonasi Turkiya va mintaqada birinchi bo‘lib yangi davolash usulini o‘tkazdi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, umidsiz bemorlarning 50 foiz CAR T-hujayra terapiyasida najot topdi va sog‘ayishiga umid uyg‘ondi.

Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acıbadem’ning Toshkent va Samarqanddagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkentdagi vakolatxonamizning manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.

Telefon: +998 95 144 54 45

Samarqanddagi vakolatxonamizning manzili: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek 140.

Telefon: +998 66 234 41 71

Rasmiy sayt orqali barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun, hamda tajribali va yuqori malakali shifokorlarning qabuliga yozilish uchun Acıbadem rasmiy Telegram va Instagram sahifalariga a’zo bo‘lishingiz mumkin:

Telegram

Instagram

Reklama huquqi asosida.