Turkiyada inflyatsiya so‘nggi bir yarim yil ichida birinchi marta sekinlashdi — noyabr oyida u bir oy oldingi 85,51 foizdan 84,39 foizga tushdi. Bu haqda mamlakat Statistika instituti xabar bermoqda

Foto: Bloomberg

Turkiyada narxlar oxirgi marta 2021-yilning bahorida pasaygan: aprel oyida mamlakatda inflyatsiya 17,14 foizni, may oyida 16,59 foizni tashkil qilgan.

Agar global miqyosda kutilmagan hodisalar ro‘y bermasa, demak, inflyatsiya cho‘qqisi o‘tib ketdi, biz pasayish tendensiyasiga kirdik, — dedi Turkiya moliya vaziri Nureddin Nebati Twitter’da.

Noyabr oyida Turkiyada inflyatsiya Bloomberg tomonidan so‘ralgan iqtisodchilarning o‘rtacha prognozidan past bo‘lib chiqdi: ular yillik inflyatsiya 84,8 foiz bo‘lishini kutgan edi. 

Agentlikning ta’kidlashicha, Turkiya Markaziy banki tomonidan noyabr oyida o‘tkazilgan so‘rov respondentlar inflyatsiya 2022-yil oxirigacha 68 foizga, ikki yil ichida esa deyarli 21 foizga tushishini kutishayotganini ko‘rsatdi. 

Regulyatorning o‘zi yil yakunida iste’mol narxlarining o‘sishi 65 foizni tashkil etishini bashorat qilmoqda, bu belgilangan ko‘rsatkichdan (5 foiz) 13 baravar yuqori.

Avvalroq Turkiya fond bozori 2022-yilda dunyodagi eng daromadli birjaga aylangan edi.