Ijtimoiy tarmoqlarda “Nuroboddagi kafelardan birining oldida 10 kishi bir kishini urib o‘ldirdi” mazmunidagi xabar tarqaldi. Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Nuroboddagi kafelardan birining yonida sodir bo‘lgan 2 nafar fuqaroning janjalida ulardan biri vafot etdi. 29-noyabr kuni soat tungi 01:30 da Nurobod tumani “Navro‘z” MFY hududidagi “Toj” kafesi yonida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan M.X. va X.Sh. mast holatda o‘zaro tortishib qolishi oqibatida X.Sh. MX.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, olgan tan jarohati sababli fuqaro M.X. vafot etgan. Holat yuzasidan shu kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan.

Faqaro bir kun o‘tib, 30-noyabr kuni vafot etgan. Shundan so‘ng jinoyat ishi 104-modda 3-qismi bilan qayta malakalangan. Ayni damda jinoyat ishi viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi yurituviga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: