Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida avtomobillarga metan gaz quyish shaxobchalaridagi navbatlar soni bir necha kilometrga yetdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Qoraqalpog‘istonlik jamoat faollarining xabar berishicha, bugun, 5-dekabr kuni ertalab Qorao‘zak tumanidagi metan zapravkalardagi navbatlar bir necha kilometrlarga cho‘zilgan.

Ayni paytga kelib Qoraqalpog‘istonda metan gaz narxlari 2500 so‘mdan 2200 so‘mga tushirilgan. Bunga Jo‘qorg‘i Kenges raisining tadbirkorlar va‘dasiga asosan hududlardagi zapravkalarni birma-bir ko‘zdan kechirgani sabab bo‘lgan.

Jamoatchilik esa o‘zboshimchalik bilan metan narxlarini ko‘tarib yuborganlarni ijtimoiy tarmoq orqali ma‘lum qilib, narxlarning 2200 so‘mda saqlanib turishiga erishmoqda.