Qashqadaryo viloyatida 5-dekabr kuni “Zil-53” yuk avtomashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, FVB xodimlari Qarshi—Ko‘kdala yo‘nalishida YTHga uchragan yuk avtomobili haydovchisiga amaliy yordam ko‘rsatgan. Soat 03:00 da Koson tumanidan Samarqand viloyatiga qarab harakatlanib borayotgan “Zil-53” yuk avtomashina haydovchisi noqulay ob-havo ta’sirida boshqaruvni yo‘qotib, mashina yo‘l yoqasiga ag‘darilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar avtomobilga ortilgan mahsulotlarni va maxsus texnika yordamida yuk mashinasini olib chiqishda haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: