“O‘zgidromet” oltita viloyat tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligidan ogohlantirdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, 6—8-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning quyidagi hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin tumanida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida.

“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda izg‘irin sovuq hafta oxirigacha saqlanib qoladi