O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi  joriy yilning o‘n oyida 2,8 mlrd dollarni (2021-yilning mos davrida 2 mlrd dollar) tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda

2021-yilning yanvar–oktabr oylarida jami import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 10 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 1,5 foizga ko‘payib, 11,5 foizni tashkil etdi. 

2022-yilning yanvar–oktabr oylarida 106 mamlakatdan oziq-ovqat mahsulotlari importi amalga oshirilgan. 

O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega davlatlar: 

Foto: “Daryo”

O‘n oyda O‘zbekiston eng ko‘p bug‘doy import qilgan — 595,2 mln dollar. Bu ko‘rsatkich jami import ko‘rsatkichiga nisbatan 21,1 foiz bo‘lgan. 

Xom shakarqamish importi 402,3 mln dollarni tashkil etib, jami importga nisbatan 14,3 foiz bo‘lgan.