Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan suratlar kun suratlari sifatida e’tirof etilib, elektr montyorlarning olqishlanishiga sabab bo‘ldi.

Foto: Nozim Abdulla

Foto: Nozim Abdulla

“Daryo”ning Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatidagi muxbirlari ko‘p ham e’tibor berilmaydigan, ammo elektr ta’minoti sohasida eng qiyin ishni amalga oshiruvchi elektr montyorlar bilan birga ishga chiqib, ularning faoliyatini kuzatdi.

Foto: Murodjon Amirov

Foto: Murodjon Amirov

Bizning asosiy faoliyatimiz odamlar orasida, kimningdir uyi yonidagi simyog‘ochlarda muammo kuzatilsa, tezda aytilgan manzilga boramiz yoki hududlar elektrlashtirilayotgan paytda simyog‘ochlar o‘rnatilishiyu, ularga sim tortilishigacha bo‘lgan jarayonlarda ishtirok etamiz, — deydi “Daryo”ning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri bilan suhbatlashgan elektr montyorlardan biri.

Foto: Murodjon Amirov

Suhbatdoshning aytishicha, u yoshligidan shu kasbga mehr qo‘ygan.

Foto: Murodjon Amirov

Ko‘pchilik balandlikdan qo‘rqmaysanmi, simyog‘ochga chiqqanda boshing aylanmaydimi deya savol beradi. Nafaqat men uchun, hamkasblarim uchun ham simyog‘ochga chiqish oddiy holga aylangan. Biz shunga o‘rganganmiz, — deydi elektr montyor suhbatdosh.

Foto: Nozim Abdulla

Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi montyor yigitning aytishicha, ular 1,5—2 million atrofida maosh oladi.

Foto: Nozim Abdulla

Kam bo‘lsa-da, barakasi bor. Shunga shukr qilamiz doim, — deydi suhbatdosh maoshi borasidagi savolga javob berar ekan.

Foto: Nozim Abdulla

“Daryo”ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Azizjon Ermatov ham elektr montyorlarning ish jarayonini kuzatar ekan, ularning asosan simyog‘ochlar o‘rnatilishi, elektr sim tortilishi kabi jarayonlariga duch kelgan.

Foto: Azizjon Ermatov

Montyor bo‘lganimizning yana bir qulay jihatlaridan biri, nafaqat o‘zimning uyimdagi, qavm-qarindoshu, qo‘ni-qo‘shnilarga ham elektr ta’minotidagi nosozliklar borasida yordam berib turamiz. Ularning bir og‘iz rahmat degan so‘zi kasbimga bo‘lgan mehrimni orttiradi, — deydi Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi elektr monyorlardan biri.

Foto: Azizjon Ermatov

Foto: Azizjon Ermatov

Suhbatdosh “Daryo” muxbirining “kasbingiz hayot uchun xavfli kasblardan biri, shunday bo‘lsa-da, nega aynan shu kasbni tanlangansiz”, degan savoliga javob berar ekan, kasbining xavflilik darajasini inkor etmadi.

Foto: Azizjon Ermatov

Haqsiz, ba’zan qaysidir hududda o‘z ishini bajarayotgan hamkasblarimizdan birini tok urishi natijasida vafot etganini eshitib qolamiz. Shunday paytlarda yanayam sergak bo‘lishga, kasbimizning xavfli ekanini inobatga olib, xavfsizlik qoidalariga yaxshiroq amal qilishga urinamiz. Ammo taqdirda shu bo‘lsa, qochib qutilib ham bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan kasbimni yaxshi ko‘raman, — deydi u.

Foto: Azizjon Ermatov

Foto: Azizjon Ermatov

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar jarayonida fikr bildirgan fuqarolardan biri “Asosiy ishni bajaruvchilar montyorlar aslida, faqat buyruq berishni biladigan, shu ishchilari mashaqqatini his qilmaydigan rahbarlar maoshini shu ishchilariga berish kerak”, desa, yana biri “Energetika vazirligidagi g‘o‘ddaygan rahbarlarni shu insonlar o‘rniga qo‘yib, xodimlari mehnatining mashaqqatini his qildirish kerak”, deydi.

Foto: Nozim Abdulla

Mazkur jarayonlar haqidagi muhokamada jamoatchilik fikriga javob bergan elektr montyorlardan biri “Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay 15 metrlik simyog‘ochlarga chiqib, mehnat qilamiz, ammo ayni kunda tok o‘chsa, odamlar bizni ayblab, bizni so‘kishayotganini o‘qib, xafa ham bo‘lamiz”, dedi.