Shimoliy Koreya armiyasi dengiz bufer zonasiga 130 ta artilleriya snaryadlarini uchirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, bunga Janubiy Koreya va AQSHning chegara yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani sabab bo‘lgan. Artilleriyadan mahalliy vaqt bilan soat 15:00 dan 16:00 gacha o‘q uzilgan. Ayrim snaryadlar bufer demilitarizatsiya zonasiga tushgan. Seul bu harbiy keskinlikni pasaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2018-yil 19-sentabrdagi Koreyalararo kelishuvni qo‘pol ravishda buzish ekanini ta’kidlamoqda.

Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi (KCNA) ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR artilleriyasiga javoban Janubiy Koreya qarshi snaryadlar uchirgan. “Bosh shtab yana bir bor shuni ma’lum qiladiki, dushmanning barcha provokatsion harakatlari diqqat bilan kuzatib boriladi va ularga doimo qat’iy javob beriladi”, — deyiladi xabarda.

Esaltib o‘tamiz, AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Bu sanksiyalar Shimoliy Koreyaning 18-noyabrda o‘tkazgan xalqaro ballistik raketalar sinovi fonida joriy qilinmoqda. KXDR yil boshidan beri 60 dan ortiq raketa sinovlarini o‘tkazdi, bu esa uning 2017-yildan buyon to‘xtatib qo‘yilgan yadroviy qurol sinovlarini qayta boshlashi mumkinligidan xavotir uyg‘otmoqda.