Futbol bo‘yicha JCH—2022 nimchorak finalida Yaponiya va Xorvatiya terma jamoalari 5-dekabr, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida maydonda teng kurash kechdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Dayzen Maeda yaponiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga xorvatlar ikkinchi bo‘lim debyutida Ivan Perishichning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. Unda ham masala hal bo‘lmagach, penaltilar seriyasi belgilandi. Seriyada Xorvatiyaning qo‘li baland keldi.

Shu tariqa Xorvatiya chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Braziliya — Janubiy Koreya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

JCH—2022

1/8 final bahsi

5-dekabr, dushanba

Yaponiya — Xorvatiya 1:1

Penaltilar seriyasi — 1:3

Gollar: 1:0 – 43 Maeda, 1:1 – 55 Perishich.

Yaponiya: Gonda, Yoshida, Taniguti, Tomiyasu, Nagatomo (Mitoma, 64), Endo, Morita (Tanaka, 105), Kamada (Sakai, 75), Ito, Doan (Minamino, 87), Maeda (Asano, 64).

Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Barishich, Modrich (Vlashich, 99), Kovachich (Mayer, 99), Brozovich, Perishich (Orshich, 105), Kramarich (Pashalich, 68), Petkovich (Budimir, 62; Livaya, 105).

Ogohlantirishlar: Kovachich (90), Barishich (116).