Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xalq ardog‘idagi aktrisa Ra’no Yarasheva yangi uyiga qizi va kuyovi mehmon bo‘lib kelgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Shuningdek, Ra’no Yarasheva Madina Mumtozning o‘g‘illari Qur’on o‘qigani aks etgan videoni kuzatuvchilariga ko‘rsatdi.

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova sahifasiga yangi suratini joyladi va obunachilaridan uni muhokama qilmasliklarini so‘radi.

Foto: Instagram

Shuningdek, Feruza Normatova unga katta guldasta sovg‘a qilishgani aks etgan videoni e’lon qildi.

“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Zohid Risqiyevning rafiqasi Kamola Ortiqova turmush o‘rtog‘ining ahvoli yaxshi ekanini, o‘ziga kelganini aytdi va unga qaragan barcha shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.

Xonanda Hosila Rahimova Jasur Umirovning qaynonasi bilan uzoq yillik dugona ekani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Turk aktyori Burak O‘zchivit muxlislariga yangi suratini namoyish qildi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Orolmirzo Safarov bilan tasodifan uchrashib qoldi.

Shuningdek, Yulduz Usmonova tomoshabinlar qarshisiga chiqishidan oldin Qur’on tilovati qilgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Shohrux sahifasiga yaqin do‘sti Zohid Risqiyev bilan tushgan arxiv suratini joyladi.

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Kino arboblari uyushmasi raisi, aktyor Matyoqub Matchonov do‘ppi kiyib yurish aza belgisi emasligi, u haqiqiy erkaklar kiyadigan bosh kiyim ekani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva Jasur Umirovning to‘yida xizmat qildi.

Aktrisa Gulruh Pirnazarova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va qish faslining tarovati haqidagi fikrlarini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova farzandlari bilan o‘ynagani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Mahoratli raqqosa Parizoda tojikistonlik xonanda Anvar Ahmedovning klipida suratga tushayotganini ma’lum qildi.

Xonanda Umidaxon yangi suratini folloverlariga taqdim etdi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola farzandlari bilan Dubayda dam olmoqda.

Aktyor Tal’at Yo‘ldoshev avtohalokatga uchragani, operatsiyani boshdan kechirgani, hozirda ahvoli yaxshi ekani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Aktrisa Durdona Qurbonova Oppog‘oy obrazida obunachilariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Xonanda Shohruxxon Lexus rusumli mashinasi ustidagi qorlarni kurab, ishga yo‘l olgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.

Zohirshoh Jo‘rayev kasal bo‘lib qolganini, hozirda davolanayotganini ma’lum qildi va obunachilaridan dardiga shifo so‘rab duo qilishlarini so‘radi.

Xonanda Dilso‘z turmush o‘rtog‘i Farrux Raimov va farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Instabloger Xoliqjon vines yo‘llar muzlagani sababli haydovchilardan ehtiyot bo‘lib yurishlarini so‘radi.

Mavzuga doir: