Bugun, 5-dekabr kuni Yamal—Yevropa quvuri orqali Germaniyadan Polshaga gaz yetkazib berish hajmi nolga tushdi. Bu haqda Gascade operatori ma’lumotlariga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Bungacha 1,305 million kVt/soat hajmida yetkazib berish amalga oshirilgan. Ushbu hajmning nolga tushib ketishiga nima sabab bo‘lganligi noma’lum.

Yamal—Yevropa transmilliy gaz quvuri to‘rtta davlatdan o‘tadi: Rossiya, Belarus, Polsha va Germaniya.

Noyabr oyida Polsha hukumati gaz quvurining mamlakatdagi operatori Europol Gazdagi “Gazprom” ulushini qaytarib olishga qaror qilgan.

“Gazprom” va Polshaning PGNiG kompaniyalari Europol Gazning 48 foiziga, PKN Orlen esa yana 4 foizga egalik qiladi.

Avvalroq “Gazprom”ning MDHdan tashqari davlatlarga eksporti yil boshidan buyon yarmiga kamaygani haqida xabar berilgandi.