Germaniya janubi-g‘arbidagi Illerkirxberg shahrida noma‘lum erkak maktab o‘quvchilariga hujum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Foto: Bild.de

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak maktabga ketayotgan ikki o‘quvchiga hujum qilib, ularga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Guvohlar darhol politsiya va qutqaruv xizmatini chaqirgan. Ular jabrlangan 13 va 14 yoshli qizlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, kasalxonaga olib ketgan.

Ta’kidlanishicha, jinoyatchi turar joy binosiga yashiringan, politsiya gumondor joylashgan binoni qurshab olgan. Bolalar va jinoyatchi bir-birini taniydimi yoki yo‘qmi noma’lum. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

3-noyabr kuni Quddusning Eski shahar qismida pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs Isroil chegara politsiyasi xodimlariga hujum qilgandi, oqibatda 3 ofitser yaralangan. 21-noyabr kuni Grozniy markazida politsiyachi pichoqlab o‘ldirilgan, hujumchi esa otib tashlangandi.