5-dekabr kuni Rossiya neftini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga dengiz orqali yetkazib berishga embargo kuchga kirdi. Bugundan Yevropa Ittifoqi, G7 va Avstraliya tomonidan joriy qilingan Rossiya neft narxi uchun yuqori chegara ham ishlay boshlaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Ukrainada urush boshlanishidan oldin, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari dengiz orqali 85 foiz neftni Rossiyadan import qilgan.

Endilikda Rossiya eksporti boshqa bozorlarga yo‘naltirilmoqda — Xitoy va Hindiston eng katta xaridorlardir.

May oyi oxirida Yevropa Ittifoqida Rossiya neftiga embargo joriy etish kelishib olingan edi. Istisno Bolgariya uchun amal qiladi. Sanksiyalar, shuningdek, Drujba quvuri orqali xomashyo yetkazib berishni ham o‘z ichiga olmagan.

Sanksiyalar, shuningdek, Rossiyadan uchinchi mamlakatlarga neft yetkazib berish uchun tankerlarning sug‘urtasini taqiqlashni nazarda tutadi. 2023-yil 5-fevraldan neft mahsulotlarini xarid qilish ham taqiqlanishi kutilmoqda.

Yevropa Ittifoqi, G7 va Avstraliya 3-dekabr kuni Rossiya nefti narxining yuqori chegarasi parametrlari bo‘yicha kelishib oldi.

Elchilar hozirgina dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftining narxini cheklash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yozma tartib amalga oshiriladi, qaror YIning rasmiy jurnalida e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi, — deyiladi Chexiyaning YI Kengashidagi raisligi Twitter’da.

AQSH g‘aznachiligi 1-dekabrdan boshlab Rossiya neftining narxi bir barrel uchun 60 dollar etib belgilanishini ma’lum qilgandi.

Politico nashrining yozishicha, Polsha yuqori chegarani bir barrel uchun 30 dollar qilib belgilamoqchi edi.