Dollarning asosiy jahon valyutalariga nisbatan qadrsizlanishi tufayli dushanba, 5-dekabrda oltin narxi barqarorlashdi. Kun yakunida esa 4 oylik eng baland ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Reuters / Ilya Naymushin

Nyu-York tovar birjasida fevral oyidagi oltin shartnomalari kotirovkalari 0,1 foizdan kamroq — troya unsiyasi uchun 1 809,4 dollarga tushdi.

Sessiya davomida kotirovkalar bir unsiya uchun 1 822,9 dollarni tashkil etib, to‘rt oylik eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

MarketWatch takidlashicha, o‘tgan haftada eng faol sotilgan oltin fyucherslari iyun oyidan beri birinchi marta 200 kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan oshib ketdi.

Mart oyida yetkazib beriladigan kumush unsiya uchun 23,24 dollarni tashkil etadi.

Palladiy 0,7 foizga oshib, unsiyasi 1 914 dollarni tashkil qildi, platina esa 0,5 foizga oshib, unsiyasi 1 031,8 dollarni tashkil qildi.

Avvalroq oltin narxi yana ko‘tarilib, mart oyidan beri birinchi marta oyni o‘sish bilan yakunlagani haqida xabar berilgandi.