Buxoro viloyati Jondor tumanida fuqaroning uyi yonib, oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 5-dekabr kuni soat 15:25 da Jondor tumanidagi “Oxshix” mahalla fuqarolar yig‘ini Oxshix qishlog‘ida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan N.U.ning xonadonida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida kelib chiqqan is gazidan o‘tkir zaharlangan xonadon sohibi N.U. va uning turmush o‘rtog‘i N.T. hamda farzandlari — 2011-yilda tug‘ilgan N.O., 2015-yilda tug‘ilgan M.O. va 2020-yilda tug‘ilgan S.O. halok bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: