Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati shaharda gaz bosimi pasayib ketishi yuzasidan ma’lumot berdi

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Ta’kidlanishicha, ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, Toshkentning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha iste’molchilar orasida teng taqsimlashga urinishga qaramay, resurslar yetishmayapti.

Iloji boricha ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shoxobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilmoqda, — deyiladi hokimlik xabarida. 

Qayd etilishicha, shahar ma’muriyati muammolarni bartaraf etish ustida ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini davom ettirmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda gaz zapravkalar bir necha kun ishlamasligi haqidagi xabarlar rad etilgan edi