Rossiya prezidenti Parkinson kasalligidan aziyat chekmoqda va u allaqachon 8 kiloga ozgan. Bu haqda siyosiy tahlilchi Valeriy Soloveyga tayanib, Britaniyaning Express nashri xabar berdi.

Foto: AP Photo

Soloveyning so‘zlariga ko‘ra, Putinning salomatligi “kuchli darajada” yomonlashgan. “The Sun” nashriga yuborilgan elektron maktubda Rossiya razvedkasining insayderi quyidagilarni ma’lum qilgan:

“Putinga erta bosqichda Parkinson kasalligi tashxis qo‘yilganini tasdiqlay olaman, ammo xastalik allaqachon rivojlanish cho‘qqisida. Bu haqiqat har tomonlama inkor qilinadi va yashiriladi. Putinga oshqozon osti bezi saratoni tarqalishini to‘xtatish uchun har xil og‘ir steroidlar va innovatsion og‘riq qoldiruvchi inyeksiyalar muntazam ravishda yuboriladi”, — deyiladi maktubda.

“Bu kasallik nafaqat kuchli og‘riqqa sabab bo‘ladi, balki yuzni shishiradi va boshqa nojo‘ya ta’sirlar, jumladan, xotirani zaiflashtiradi. Rossiya prezidentiga yaqin doiralar orasida oshqozon osti bezi saratonidan tashqari, Putinda prostata saratoni ham borligi haqida mish-mishlar bor”, deyiladi xabarda.

“General SVR” Telegram kanali xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti yo‘tal tutishi, ko‘ngil aynishi va ishtaha yo‘qolishini boshdan kechirmoqda. Telegram kanal uzoq vaqtdan beri Putin saraton kasalligi bilan kurashayotganini da'vo qilib keladi va Kremldagi manbalar Rossiya rahbari 8 kiloga ozganini aytmoqda. Biroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinda hech qanday saraton kasalligi yo‘qligini qayd etgan.

Mavzuga doir: Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda