Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Dizayner, aktrisa Shahzoda Muhammedova qizalog‘i Milana bilan Yangi yil archasini bezatgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Aktrisa Dilnoza Kubayeva muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Nargiza Abdullayeva 3-dekabr sanasida to‘ng‘ich farzandining tug‘ilgan kunini nishonladi.

Bollivud yulduzi Karina Kapur muxlislariga yangi suratini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Xonanda Rayhon muxlislariga hayotda hammaga birdek yoqib bo‘lmasligi haqida gapirdi.

Xonanda Hilola Hamidova folloverlariga yangi suratini namoyish qildi.

Foto: Instagram

“Ummon” guruhi xonandasi Zohid Risqiyevning rafiqasi Kamola Oripova turmush o‘rto‘gining ahvolida o‘zgarish yo‘qligi haqida obunachilariga gapirib berdi.

Xonanda Jasur Umirov 3-dekabr kuni Go‘zal ismli qiz bilan oila qurdi. Uning to‘yi Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tdi. To‘yda o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari ishtirok etdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva Istanbuldagi kiyim do‘konlarini aylangani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Shahlo Ahmedova yangi surati bilan obunachilariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Bahora Arslonova marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva uchun Love story olinayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Jahongir Otajonov o‘g‘li Muammarni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga yaxshi tilaklarini bildirdi.

Foto: Instagram

Xonanda Madina Mumtoz onasi Ra’no Yarashevanikiga mehmonga borayotgani haqida obunachilariga gapirib berdi.

Aktrisa Rayhon Ulasenovaning singlisi, teleboshlovchi Oyxon Iforzoda 2-dekabr kuni qiz farzandni dunyoga keltirganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Iste’dodli ijodkor Suxrob Hamdamov marhum xonanda Shuhrat Qayumovning “G‘animatim onajon” qo‘shig‘ini ijro etdi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan raqsga tushgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Xonanda Shahzoda yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Aktyor Adiz Rajabov Buxorodagi Chor Minor madrasasi haqidagi xotiralarini muxlislariga so‘zlab berdi.

Sevara Nazarxon sahifasiga yangi suratini joyladi va bolalardagi samimiylik va poklikdan quvvat olishi haqida muxlislariga gapirib berdi.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: