Hind kinosi yulduzi Shohruh Xon Saudiya Arabistonida “Dunki” filmining suratga olish ishlarini yakunlab, Makka shahrida Umra amallarini ado etdi. Ushbu holat aks etgan qisqa video hamda fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Shohruh Xonning o‘zi Instagram’dagi sahifasida suratga olish ishlari uchun sharoit yaratib bergan Saudiya Arabistoni madaniyat vazirligi hamda ijodiy jamoaga minnatdorchilik bildirib, video joyladi.

Ma’lumot uchun, Shohruh Xon rejissor Siddxart Anandning “Pushtun” filmi orqali uch yillik ijodiy tanaffusdan so‘ng kinoga qaytmoqda. Ushbu filmda yana bir mashhur hind aktyori Salmon Xon epizod rol ijro etgan. “Pushtun” filmining Hindistondagi namoyishi 2023-yilning 25-yanvar sanasiga belgilangan.

Mavzuga doir: “Pushtun”, “Arslon” va Bollivud qiroli Shohrux Xon suratga tushayotgan boshqa yangi filmlar