Futbol bo‘yicha JCH—2022 3-turida E guruhining ikki o‘yini 1-dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Ispaniya Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochdi. 48-daqiqada Doan hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqada o‘tib, Tanaka yaponlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yakuniy hisob 2:1, Yaponiya foydasiga.

Germaniya esa Kosta-Rikaga qarshi bahs olib bordi va 4:2 hisobida zafar quchdi. Nemislar safida Serj Gnabri va Niklas Fyullkrug bittadan gol urgan bo‘lsa, Kay Haverts dublni rasmiylashtirdi. Kosta-Rika safida Yelsin Texeda va Xuan Pablo Vargas gol muralliflariga aylandi.

Shu tariqa Yaponiya 6 ochko bilan guruh peshqadami sifatida pley-offga yo‘l oldi. Ispaniya esa 4 ochko bilan 2-o‘rinni, Germaniya ham shuncha ochko bilan 3-pog‘onani egalladi. Kosta-Rika 3 ochko bilan 4-o‘rindan joy oldi.

JCH—2022

3-tur bahsi

1-dekabr, payshanba

Yaponiya — Ispaniya 2:1

Gollar: 0:1 – 11 Morata, 1:1 – 48 Doan, 2:1 – 51 Tanaka.

Yaponiya: Gonda, Yoshida, Taniguti, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 46), Morita, Tanaka (Endo, 87), Kamada (Tomiyasu, 69), Kubo (Doan, 46), Ito, Maeda (Asano, 62).

Ispaniya: Unai Simon, Aspilikueta (Karvaxal, 46), Rodri, Pau Torres, Balde (Alba, 68), Buskets, Pedri, Gavi (Fati, 68), Olmo, Morata (Asensio, 57), Uilyams (Ferran Torres, 57).

Ogohlantirishlar: Itakura (39), Taniguti (44), Yoshida (45).

Kosta-Rika — Germaniya 2:4

Gollar: 0:1 – 10 Gnabri, 1:1 – 58 Texeda, 2:1 – 70 Vargas, 2:2 – 73 Haverts, 2:3 – 85 Haverts, 2:4 – 89 Fyullkrug.

Kosta-Rika: Navas, Fuller (Bennette, 74), Duarte, Uoston, Vargas, Ovedo (Kontreras, 90), Agilera (Salas, 46), Borxes, Texeda (Vilson, 90), Venegas (Matarrita, 74), Kempbell.

Germaniya: Noyer, Ryudiger, Zyule (Ginter, 90), Raum (Gyotse, 67), Gundo‘g‘an (Fyullkrug, 55), Goretska (Klostermann, 46), Kimmix, Myuller (Haverts, 67), Gnabri, Sane, Musiala.

Ogohlantirish: Duarte (76).