Humans’da keshbekni yangi televizorga almashish imkoniyat paydo bo‘ldi. Buning uchun superappdan foydalanish, zarur summada keshbek to‘plash va Humans.uz ilovasi orqali sizga yoqqan modelga uygacha yеtkazib berish sharti bilan buyurtma berish kerak.

Humans — bu O‘zbekistondagi birinchi superapp bo‘lib, unda tovarlar va servislar uchun haq to‘lamaslik mumkin. Ilovada keshbek hisobiga olish mumkin bo‘lgan qurilma va servislarning lineykasi — smartfonlar, aqlli soatlar, bepul aloqa, limitsiz internet yoki chiroyli nomerlar mavjud. Humans kompaniyasi 1-dekabrdan boshlab ishlab topilgan keshbekni televizorlarga  – va hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz almashish imkoniyatini qo‘shdi.

Foydalanuvchi keshbekning zarur summasini to‘plab bo‘lishi bilan uni o‘ziga yoqqan modelga almashishi va uygacha yеtkazib berishga buyurtma qilishi mumkin. 4K UHD sensorli, diagonali 65" li va zamonaviy Smart-TV texnologiyasiga ega Artel A65LU8500 modeliga buyurtma qilish uchun 9 635 000 so‘m keshbek, diagonali 50" li SHivaki S50LU7500 televizorini esa 5 600 000 so‘m keshbek, Wi-Fi modulli va diagonali 55" li Avalon OB55K7600 modeli uchun esa 14 650 000 so‘m keshbek to‘plash kerak bo‘ladi. Buyurtma berish mumkin bo‘lgan televizorlar modellarining qatori Humans ilovasidagi Keshbek hisobiga xaridlar” bo‘limida taqdim etilgan.

“Biz Humans’da shunday qilamizki, odamlar muhim tovarlar va servislarni to‘lov qilmasdan sotib oladigan bo‘lsin. Kuzning o‘zidayoq biz smartfon yoki aqlli soatlar uchun haq to‘lamaslik imkonini bergan edik — kerakli summada keshbek to‘plash va uni bizning ilovamizdagi gadjetga shunchaki almashish mumkin edi.  Bir kuni taksida hamkasblarimiz bilan ketayotgan vaqtimizda taksichi bilan shunchaki gaplashib ketdik — undan to‘plagan keshbekni nimaga ishlatishni xohlashini, u uchun nima muhimligini va nima uchun muhimligini so‘radik.

Turli variantlarni, shu jumladan smartfon va televizor o‘rtasida nimani tanlashni muhokama qildik. Shunda bu odam so‘zsiz televizorni tanladi — “smartfon faqat men uchun, televizor esa butun oilam uchun”- dedi. Shu tariqa Humans da keshbek uchun televizor loyihasi paydo bo‘ldi. Televizor — bu nafaqat o‘zi uchun, balki barcha yaqinlari uchun haqiqatda muhim bo‘lib, buning uchun keshbekni endi birgalikda to‘plash mumkin – axir bu juda zo‘r-ku. Biz Humans da har doim avval “qanday” va “nima uchun” ligini, undan keyingina “nima” ekanligini o‘ylaymiz. Bu bizni odamiyroq qiladi va barcha qolganlardan ajratib turadi», — Humans Group Marketing bo‘yicha direktori Ivan Smelyanskiy yangiliklarni shu tarzda sharhlab berdi.

Humans foydalanuvchilari odatdagi harakatlarni amalga oshirib keshbek ishlab oladilar: Humans VISA kartasi bo‘yicha har qanday xaridlar yoki Humans.uz ilovasidagi xizmatlar uchun har bir operatsiya summasidan 2 foizdan 100 foizgacha keshbek hisoblanadi. Barcha operatsiyalar, shu jumladan davlat xizmatlari va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar  hisobga olinadi, qimor o‘yinlariga xarajatlar bundan istisno etiladi. Shuningdek, Humans foydalanuvchilari har kuni hisobvaraqlarida qolgan summa uchun 35 foiz yillik hisobidan keshbek oladilar, shuningdek, ilovadagi bank kartasini to‘ldirish, undan pul o‘tkazish va kartani ilovaga bog‘lash uchun ham keshbek oladilar. Ilovada o‘z keshbek hisobvarag‘ida to‘plangan keshbekni hech qanday komissiyalarsiz va cheklovlarsiz do‘stlari yoki yaqinlari hisobiga o‘tkazish mumkin — shu tariqa qarindoshlari va yaqinlarini birgalikda keshbek to‘plashga qo‘shish mumkin.

Gadjetlar liniyasi va keshbek evaziga joriy narx Humans ilovasining “Keshbek evaziga xaridlar” bo‘limida keltirilgan. Aksiya shartlari haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Humans.uz — bu tovarlar va servislar uchun to‘lov qilmaslik mumkin bo‘lgan birinchi superapp. Masalan, limitsiz internet, yaqinlaringiz uchun pul o‘tkazmalari va hatto iPhone uchun ham to‘lov qilmaslik mumkin. Xaridlaringiz uchun Humans VISA kartasi orqali haq to‘lang, pullaringizni hisobvarag‘ida saqlang, ilovadagi xizmatlar uchun haq to‘lang — va biz bularning barchasini sizga keshbek uchun qaytarib beramiz. Siz esa uni o‘zingizga zarur bo‘lgan narsaga: bepul aloqa, limitsiz internet, yangi televizor, gadjet yoki chiroyli nomerga  almashib olasiz.

Reklama huquqi asosida.