Sevimli film, serial yoki multfilmimizni yuzinchi marta tomosha qilganimizda ham asl nusxada biz ko‘rmagan sahnalar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishimiz qiyin. Bunday topilmalar tomoshabinlarni hayajonga solishi mumkin, ayniqsa, ularda ko‘p yillik savollarga javoblar bo‘lsa.

“Qattiqqo‘l xonim”

Foto: AdMe

Filmda dastlab butun sujet ma’nosini deyarli o‘zgartiradigan sahna bo‘lgan. Kartinada moda jurnalining bosh muharriri Miranda Pristli toshbag‘ir va faqat karyerasini o‘ylaydigan ayol sifatida tasvirlangan. Ammo olib tashlangan sahna aksini isbotlaydi.

Ziyofat chog‘ida Mirandaning eri mehmonlar oldida o‘zini noo‘rin tutadi. Enn Xeteueyning qahramoni (Endi) vaziyatni o‘z qo‘liga oladi va mehmonlarni yoqimsiz holatdan chalg‘itadi. Shu payt Miranda xodimiga chin dildan “rahmat” deb shivirlaydi, bu esa Endini qattiq hayratga soladi. Kim biladi, agar mualliflar sovuqqondek tuyulgan Mirandaning zaifligi va insoniyligini ko‘rsatishga qaror qilganlarida, tomoshabinlarda ayolga nisbatan boshqacha taassurot qolgan bo‘larmidi.

“Garri Potter va ajal tuhfasi”

Foto: AdMe

Ikki ijobiy qahramonning qayg‘uli taqdiri – er-xotin Nimfadora Tonks va Rimus Lyupin franshiza muxlislarini hayratda qoldiradi. Ammo kesilgan kadrda Xogvarts uchun jangda halok bo‘lishdan oldin ular bir-birlari bilan mehr bilan xayrlashishga ulguradi.

Foto: AdMe

Yodingizda bo‘lsa, Albus Dambldorning ukasi Aberfort ham Xogvarts jangida qatnashgan. Ammo jangdan bir kun oldin Garri, Ron va Germiona u bilan gaplashayotgan sahna kesilgan. Aberfort Voldemortni mag‘lub etish mumkinligiga ishonmaydi.

Garri Dambldor unga topshiriq berganini aytganida Xogvarts direktorining ukasi: “Maslahatim shuki, Voldemort bilan tez orada uchrashishni xohlamasang, Dambldorning topshirig‘i haqida unut. U g‘amxo‘rlik qilgan barcha odamlar juda ko‘p azob chekadi”, — deydi. Agar shu kadr kesilmaganida filmga dramatiklik va intensivlikni qo‘shardi.

“Qirol sher”

Foto: AdMe

Ma’lum bo‘lishicha, millionlab tomoshabinlarning sevimli multfilmida Nala Skardan qanday qutulganini tushuntiruvchi sahna bo‘lishi kerak edi. Yovuz shoh Nalaning o‘ziga malika bo‘lishini xohlaydi. U hatto unga birgalikdagi kelajagi haqida qo‘shiq kuylab beradi. Ammo Nala uni rad etadi, bir muncha vaqt o‘tgach, u o‘zining haqiqiy sevgisi — Simba bilan uchrashadi.

“Yulduzlar jangi. VI-qism: Jedining qaytishi”

Foto: AdMe

Ko‘pchilik Lyuk Skayuolker otasi Dart Veyderning yovuz dushman ekanligini bilib qolgan ta’sirli sahnani eslasa kerak. Franshiza muxlislari haqiqatni yigitdan yashirgani uchun Lyukning ustozi Obi-Vanni ayblashgandi. Biroq olib tashlangan sahnada Obi-Van Yodaning iltimosiga bilan yolg‘on gapirganini bilish mumkin. U bu narsa Lyukning mashg‘ulotlariga va galaktikada tinchlik uchun kurashiga xalaqit beradi deb hisoblagan.

“Yura davri parki”

Foto: AdMe

Stiven Spilbergning ilmiy-fantastik filmi romantikroq bo‘lishi mumkin edi. Qazish joyidagi kadrlarda doktor Grant va doktor Sattler bir-biri bilan quchoqlashadi, shuningdek, velotsiraptor skeletlari haqida suhbatlashishadi. Lekin negadir sevgi sahnasi filmdan olib tashlanadi.

“Ajdaho uyi”

Foto: AdMe

“Ajdaho uyi”ning 1-mavsumi chiqishi bilanoq serial rejissori Greg Yaitans tahrirlash vaqtida ta’sirli sahna o‘chirib tashlanganini ma’lum qiladi. Gap ikki dugona — Reyenira va Alisenta o‘rtasidagi janjal haqida ketmoqda. Ular Reyeniraning otasi va Alisentening to‘yi haqidagi xabardan so‘ng darhol munosabatlarini aniqlashtirib olishadi.

Yana bir epizod filmga kiritilmagan – yarashib olgan Reyenira Alisentega to‘y libosini kiyishga yordam beradi.

“Toj”

Foto: AdMe

Serialning 4-mavsumida malika Diana turmush o‘rtog‘i shahzoda Charlzga noodatiy sovg‘a taqdim etadi: u “Opera ruhi” musiqiy filmidagi mashhur qo‘shiqni ijro etadi. Garchi bu epizod filmga kiritilmagan bo‘lsa ham, haqiqiy malika Diana turmush qurganining 7 yilligida eri uchun qo‘shiq kuylagani haqiqat. U o‘zining sevimli qo‘shiqlaridan biri Sara Braytmanning “All I Ask of You” qo‘shig‘ini ijro etgan.

“Go‘zal ayol”

Foto: AdMe

Ushbu film yanada ajoyib sahnalarga boy bo‘lishi mumkin edi. Misol uchun, Juliya Robertsning maftunkor qahramoni restorandagi kechki ovqat paytida ovqatiga paketli ketchup qo‘shmoqchi bo‘lganida tomoshabinlarni kuldirishi mumkin edi.

Bog‘dagi piknikdan so‘ng Vivian va Edvard ot minib, keyin ko‘cha restoranida romantik kechki ovqat uyushtiradilar.

“Titanik”

Foto: AdMe

Muxlislar hali ham bir savolga javob topolmaydi: Rouz chiqib olgan panelda Jek uchun joy yo‘qmidi? Aslida buni tushinish uchun filmning 15 yilligiga bag‘ishlangan o‘chirilgan sahnalarni tomosha qilish kerak.

Leonardo Di Kaprioning qahramoni Rouz bilan panelga chiqishga behuda uringanidan so‘ng, bir erkak ular tomon suzib keladi — u ham panel yuzasiga chiqmoqchi bo‘ladi. Ammo Jek bunga yo‘l qo‘ymaydi: “Faqat xonim uchun yetarli joy bor, aks holda panel cho‘kib ketadi”.

Foto: AdMe

Bundan tashqari, filmga rejissor Jeyms Kemeron nomaqbul deb hisoblagan yana bir kadr kiritilmagan. Keti Beyts qahramoni ofitsiantdan ichimligiga ko‘proq muz qo‘shishni so‘raydi – shu onda derazadan birinchi marta aysberg ko‘rinadi.

Mavzuga doir: