O‘zbekistonda DaVinci Management Consulting kompaniyasi tomonidan mamlakatning eng yaxshi ish beruvchilariga beriladigan yillik HR-mukofot yakunlari sarhisob qilindi. Beeline Uzbekistan birdaniga ikkita nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi – “Karyerani boshlash uchun eng yaxshi kompaniya” va “Xodimlarga g‘amxo‘rlik”.

DaVinci mukofoti 2016-yildan beri xodimlar, abituriyentlar va talabalar o‘rtasidagi mustaqil tadqiqot natijalariga ko‘ra topshirilib kelinmoqda. 2022-yil boshida Beeline Uzbekistan DaVinci Management Consulting ma’lumotlariga ko‘ra, IT va telekommunikatsiya sohasida eng yaxshi ish beruvchiga aylangan edi. Endi yana ikkita mukofot qo‘shildi.

Bee Generation amaliyot dasturi “Karyera boshlash uchun eng yaxshi kompaniya” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Maqsad — talabalarni kompaniyaning biznes jarayonlariga imkon qadar ko‘proq jalb qilish va zarur ko‘nikmalarni shakllantirishdir. O‘n to‘rt yillik dastur davomida 250 nafar amaliyotchi uni muvaffaqiyatli yakunladi, ulardan 80 nafari Beeline Uzbekistan jamoasiga kerakli mutaxassis sifatida qo‘shilishdi. Birgina 2022-yilning o‘zida 8 nafar dastur ishtirokchisi ish bilan ta’minlandi.

Beeline “Xodimlarga g‘amxo‘rlik” nominatsiyasida o‘z xodimlari uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga doimiy intilishi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi. Har bir jamoa a’zosi ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, bepul mobil aloqa, Beepul ilovasi doirasida pul o‘tkazmalari bo‘yicha foizsiz limitlar va moslashuvchan ish vaqti kabi ijtimoiy paketga ega. Xodimlar kompaniya hisobidan mashg‘ulotlar o‘tkazish, sevimli sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga egadirlar. Xususan, Beeline Uzbekistan xodimlarning mamlakatning Zaamin Ultra, Bukhara Night Race va Samarqand Marathon kabi yirik marafonlarida ishtirok etishi uchun to‘lovni to‘liq amalga oshiradi.

“Biz doimo xodimlarimiz ehtiyojlarini tinglab, ularning qulayligi uchun sarmoya kiritamiz. Har yili biz jamoaning qoniqish darajasini o‘lchaymiz, ularni o‘z fikr va istaklarini ochiq aytishga undaymiz. So‘rovlar natijalariga ko‘ra, biz har bir xodim ish jarayonidan zavqlanishi uchun yangi yondashuvlarni amalga oshiramiz. Biz ishonamizki, faqat shunday muhitda bizni O‘zbekistonda yetakchilik sari boshlovchi va yoshlarni o‘ziga tortadigan innovatsion va dadil g‘oyalar tug‘ilishi mumkin”, — deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan’ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova.

Sayt

Facebook

Instagram

Telegram

Twitter

LinkedIn

Reklama huquqi asosida.