Dryu Berrimor bolaligidanoq mashhur bo‘lgan. U juda erta omma e’tiboriga tushganligi sababli bu narsa hayotining ba’zi jihatlariga jiddiy ta’sir qiladi. Ammo qiz hamma narsaga qo‘l siltagan paytda haqiqiy do‘sti — Kemeron Diasni uchratadi.
Kemeron bilan uchrashgunga qadar Dryuning hayoti qanday edi?
Foto: Getty Images
Dryu o‘zining aktrisalik iste’dodini birinchi marta 11 oylik bo‘lganida reklama roliklarida ko‘rsatdi. Qiz san’atda katta muvaffaqiyatlarga erishgan aktyorlar oilasida tug‘ilgan. Ammo jamoatchilik aktrisaning mahoratini uning birinchi kartinasi — Gerti rolini o‘ynagan Stiven Spilbergning “O‘zga sayyoralik” filmida ko‘rdi.
Berrimor 7 yoshidayoq maftunkor qiz sifatida mashhur edi. Ammo 9 yoshga to‘lganida, hamma narsa keskin o‘zgardi. Onasining ta’siri tufayli u tez-tez o‘z yoshidagi bola bo‘lmasligi kerak bo‘lgan vaziyatlarga tushib qolardi.
Foto: Getty Images
“Hayotimdagi eng yomon bosqich 13 yoshimda bo‘lgan bo‘lsa kerak”, — deydi Dryu. Keyin onasi uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizadi. Aktrisa bu joydan nafratlanardi, oxir-oqibat u o‘zgaradi va ota-onasining qaramog‘idan qutulishga harakat qiladi.
Dryu va Kemeron bir-biri bilan tanishgach, bir umrlik do‘st bo‘lib qolishdi
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Dryu har qanday cheklovlardan ozod bo‘ldi: hayotini o‘z zimmasiga olishga va qaytadan boshlashga tayyor edi. Aktrisa yaqinda hayotining eng muhim daqiqalarida uni qo‘llab-quvvatlaydigan odam bilan uchrashishini hali bilmasdi.
Dryu o‘smirlik chog‘ida qahvaxonada ishlagan. Bir kuni tasodifan u Kemeron Diasning stoliga xizmat ko‘rsatadi. “Biz 14 yoshimda tanishdik, u esa 16 yoshda edi. Men qahvaxonada ishlardim, u esa model edi”, — deydi Berrimor. — Biz haligacha qadrdon do‘stmiz”.
Shundan so‘ng hammasi o‘zgardi: Dryu Kemeron tufayli hayotini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. “Charli farishtalari” filmini suratga olish paytida ular Lyusi Lyu bilan ham do‘stlashishdi.
Foto: Getty Images)
Aktrisalar yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘ldi. Dryu Kemeronning sevgilisi tashlab ketganida doimo yonida bo‘ldi. Kemeron ham o‘z navbatida Dryu 2 qizi bor Uill Kopelman bilan ajrashganidan keyin unga taskin berdi.
Ikkala aktrisa ham jahon yulduzi bo‘lishlariga qaramay, oddiy odamlardek do‘st. “Biz tez-tez sevgi, hayot, yo‘qotishlar haqida suhbatlashardik, lekin hech qachon karyeramiz haqida gaplashmasdik”, — deydi ular.
Shuncha yillardan keyin ham qadrdon do‘st
Foto: Getty Images
Gollivudda do‘stlik va sevgi barqaror emas, lekin Kemeron Dias va Dryu Berrimorning rishtalari 30 yildan ortiq vaqt sinovidan o‘tdi. “Biz haqiqiy qiyinchiliklarni birga boshdan kechiramiz — mana shu do‘stligimizning siri”.
Ayollar ko‘pincha birga vaqt o‘tkazishni va eng oddiy narsalar bilan mashg‘ul bo‘lishni yaxshi ko‘rishlarini aytishadi: ovqat pishirish, xarid qilish va yurakdan gaplashish kabi. “Biz bir-birimizga qayoqqadir ketayotgan, raqsga tushayotgan yoki nimadir haqida gaplashayotgan videolarni yuboramiz”, — deydi Berrimor.
Foto: Getty Images
“Biz hamma narsani birga boshdan kechirdik: farzand ko‘rish, turmush qurish, ajralishlar, tushish-u ko‘tarilishlar, ish va sayohatlar. Biz birga qilolmaydigan hech narsa yo‘q”, — deydi Berrimor.
Ular o‘sha kafeda tasodifan uchrashib qolganida o‘rtalarida bunday kuchli do‘stlik bo‘lishini tasavvur ham qilishmagan. Bu ajoyib ayollar ko‘p yillar davomida do‘stlik qanday bo‘lishini isbotlab kelmoqda.
Mavzuga doir:
- Yelizaveta II ning har qanday ayolga qirolicha kabi ko‘rinishga imkon beradigan uslublari (foto)
- Kianu Rivz va Vaynona Rayder: 30 yildan beri do‘st bo‘lib kelayotgan maftunkor juftlik hikoyasi
- Uy bekasidan modelgacha: Tasodif tufayli 50 yoshdan keyin hayoti o‘zgarib ketgan Kerolayn Labusher hikoyasi