Ba’zi aktyorlar ijobiy rollarni o‘ynashni afzal ko‘radi, boshqalari esa, aksincha, yovuz odamlar rolida o‘zini namoyon qiladi. Shunday aktyorlar ham borki, ularni faqat komediyalarda, ayrimlarini jiddiy filmlarda ko‘rishga odatlanganmiz. Lekin shunday toifa ham borki, ular salbiy rolni ham, ijobiy rolni ham maromiga yetkazib qo‘ygan.
Kris Evans
Foto: AdMe
“Qasoskorlar: Final” filmida fidoyi Stiv Rojers va “Pichoqni olish” filmidagi ochko‘z Ransom Draysdeyl.
Yuan Makgregor
Foto: AdMe
“Mulen Ruj” romantik musiqiy filmida shuhratparast britaniyalik shoir Kristian va “Ignada” dramasida mas’uliyatsiz Mark Renton.
Kristian Beyl
Foto: AdMe
“Maryam, Isoning onasi” filmidagi mehribon Iso va “Tor: Sevgi va momaqaldiroq” ilmiy-fantastik filmida shafqatsiz Gorr.
Rayan Reynolds
Foto: AdMe
Kanada trilleri “Asira”da mehribon oila boshlig‘i Metyu va “Bazm qiroli” o‘smirlar komediyasida shilqim bo‘ydoq Van Uaylder.
Meril Strip
Foto: AdMe
“Mamma Mia!” melodramasida tinib-tinchimas ona Donna Sheridan va “Shubha” filmida xo‘mraygan direktor Eloize Bovye.
Ben Afflek
Foto: AdMe
“Taptortmas” filmida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi halol advokat Mett Merdok va “Va-Bank” trillerida noqonuniy biznes bilan shug‘ullanuvchi xudbin Ayven Blok.
Idris Elba
Foto: AdMe
“Tor 2: Qorong‘i dunyo” ilmiy-fantastik filmidagi Heymdallning sodiq do‘sti hamda himoyachisi va “Forsaj: Xobbs va Shou” filmida o‘ta xavfli xalqaro jinoyatchi Brikston Lor.
Rozamund Payk
Foto: AdMe
“Titanlar g‘azabi” filmida odamlarni himoya qilish uchun bor kuchini sarflaydigan jasur Andromeda va “Yo‘qolgan ayol” detektiv trillerida o‘z manfaatini o‘ylaydigan xudbin Emi.
Tilda Suinton
Foto: AdMe
“Doktor Strenj” superqahramoni filmidagi dono qo‘riqchi va “Narniya yilnomalari: Arslon, jodugar va sirli shkaf” fantaziyasida sovuqqon Oq jodugar.
Jo Peshi
Foto: AdMe
“Amakivachcham Vinni” komediyasida aqlli va xushmuomala Vinni Gambini va afsonaviy “Uyda yolg‘iz”da o‘g‘ri Garri Laym.
Famke Yanssen
Foto: AdMe
fantastik superqahramon jangari filmi “X-odamlar”da iqtidorli bolalar maktabi o‘qituvchisi Jan Grey va “Oltin ko‘z” filmidagi jinoiy sindikatning zo‘ravon a’zosi Kseniya Onatopp.
Megan Foks
Foto: AdMe
“Ninzya toshbaqalari”dagi super qahramonlar bilan dunyoni qutqaruvchi muxbir Eypril O’Nil va “Jenniferning murdasi” filmida shafqatsiz Jennifer.
Mavzuga doir: