Aktyorlar ijodida ham boshqalar bilmaydigan nozik jihatlar bor. Misol uchun, cho‘milish sahnalarida aktyorlar kiyimda bo‘ladi yoki ommaviy sahnadagi aktyorlar gapirmaydi, faqat lablarini qimirlatadi, xolos.

Cho‘milish sahnalari uchun aktyorlar maxsus kiyim kiyishadi

Foto: AdMe

Kino va teleseriallarda aktyor yoki aktrisalar dush qabul qiladigan sahnalar bo‘lishi mumkin. Ammo buning uchun ular butun suratga olish guruhi oldida yechinishi shart emas. Aktrisa Mindi Kalingning aytishicha, bunday sahnalar uchun tana rangidagi cho‘milish kiyimi kiyiladi.

Emi Adams bir nechta filmlarda shunday sahnalarda rol o‘ynagan. Filmlardan birida tana qismlariga maxsus qoplama va stikerlar yopishtiriladi.

Ter turli xil vositalar yordamida yaratiladi

Foto: AdMe

Grimyorlar ter effektini yaratish uchun turli xil usullarga murojaat qilishadi. Ba'zilar suv va glitserinni aralashtirishni maslahat beradi. “G‘alati ishlar” filmining 3-faslida Billi rolini o‘ynagan aktyor terlagan ko‘rinishi uchun esa boshdan-oyoq rangsiz blesk surtib chiqilgan.

Yana bir variant bor: doimiy ravishda aktyor ustidan suv quyish. Ammo suratga olish joyi sovuq bo‘lgani uchun yaltiroq bleskdan foydalanishga qaror qilishadi.

Suratga olish maydonchasidagi bolalarni maxsus yollangan odamlar yig‘latib beradi

Foto: AdMe

Kerakli sahnalarda kichik bolalarni maxsus yollangan odamlar yig‘latadi. Ular bolalarni o‘zlariga o‘rgatish va kerakli reaksiyani tezroq uyg‘otish uchun ular bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi. Bolada ko‘z yoshlarini qo‘zg‘atishning eng oson usuli — o‘zingizni yig‘layotgandek ko‘rsatishdir.

Aktrisalar poshna poyabzallarda o‘zlari yugurishadi

Foto: AdMe

Jangari filmlar ko‘pincha qahramonning baland poshnali tufli kiygani uchun tanqid qilinadi. Darhaqiqat, bu yerda hech qanday haqiqiy bo‘lmagan narsa yo‘q, ko‘plab aktrisalar haqiqatan ham kadrda o‘zlari yugurishadi va dublyor yordamiga murojaat qilishmaydi.

“Yura davri olami” filmida poshnali tuflida yugurishni o‘rganish uchun Brays Dallas Xovard oyoq mushaklarini chiniqtiruvchi mashqlarni bajaradi va Olimpiada o‘yinlariga tayyorlanayotgandek qattiq mashq qiladi. “Charli farishtalari” filmi uchun Lyu Lyusi ham poyabzalda yugurishni o‘rgangan. Asosiysi, og‘irlikni tovonga emas, oyoqning old qismiga tashlash kerak.

Ba’zi aktyorlar naushniklardan foydalanadi

Foto: AdMe

Ba’zan aktyorlar suratga olish paytida kichik quloqchinlarni taqib yurishadi. Jonni Depp bolalar yig‘isini va boshqa tovushlarni eshitib yuradi, bu unga kerakli hissiy reaksiyaga erishishiga imkon beradi. Kichik Robert Dauni esa har bir sahna uchun bir xil replikaning muqobil versiyalarini o‘ylab topishni yaxshi ko‘radi. Suratga olish paytida yordamchi naushniklar orqali unga bu gaplarning barchasini aytib turadi.

Ommaviy sahnadagi aktyorlar gapirmaydi, faqat lablarini qimirlatadi

Foto: AdMe

Film va teleko‘rsatuvlarda ko‘pincha fonda bir-biri bilan nimanidir muhokama qilayotgan ko‘p sonli odamlarni ko‘rish mumkin. Ommaviy sahnadagi aktyorlar gapirmaydi, lekin lablarini jimgina qimirlatadi. Tahrirlash vaqtida tushunarsiz olomon tovushlari qo‘shib qo‘yiladi.

Suratda aktyorlar ovqatlarni chaynashadi, lekin yutmaydi

Foto: AdMe

Ba’zi sahnalarda aktyorlar ovqatlanishlari kerak bo‘ladi, ammo bu juda ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Agar kino yulduzlari haqiqatan ham ovqat yeydigan bo‘lsa, tez semirib ketishadi. Shuning uchun bu yerda ozgina hiyla ishlatiladi: kadrda chaynashadi, ammo yutishmaydi.

Istalgan reaksiyani tasvirlash uchun aktyorlar hiyla ishlatishi mumkin

Foto: AdMe

Hatto iste’dodli aktyorlar har doim ham kerakli tuyg‘uni buyruq bilan tasvirlay olmaydilar. “Drakula” filmida Vaynona Rayder Gari Oldman qahramonini birinchi marta uchratganida kerakli reaksiyani “bera olmagan”. Keyin Oldman o‘sha yerda turgan qovoqchani olib, orqasiga yashiradi. Rayder unga o‘girilganida, Gari birdan qovoqchani ko‘rsatadi. Vaynona bunga rejissor xohlaganidek hayratlanish bilan munosabat bildiradi.

“U” filmi direktori qo‘rqinchli masxaraboz rolini o‘ynagan Bill Skarsgard va bolalarning sahnalarini birgalikda suratga olish vaqti kelguniga qadar o‘zaro muloqot qilishiga ruxsat bermaydi. Bolalar Billni birinchi marta grimda ko‘rganlarida, haqiqatan ham juda qo‘rqib ketishadi.

Kino yulduzlari kulgilarini yashirish uchun bor kuchini sarflaydi

Foto: AdMe

Ba’zi sahnalar hatto aktyorlarning o‘zlarini ham kuldiradi. Lekin ular kulgilarini tiyishlari yoki hech bo‘lmaganda turli usullar yordamida his-tuyg‘ularini yashirishlari kerak. Mett LeBlanning tushuntirishicha, Jennifer Eniston “Do‘stlar” serialida kulgisini yashirish uchun qo‘llarini tez-tez yuziga qo‘yib turgan.

Mavzuga doir: