Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Getty Images

Ar-Riyod jamoasi erkin agent maqomida bo‘lgan futbolchini yanvarda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar qilmoqda CBS Sports. Qayd etilishicha, futbolchining vakillari bu transferga “har qachongidan kuchliroq” qiziqish bildirgan.

Klub portugaliyalik futbolchiga uch yillik shartnoma va bu muddat uchun 75 million dollar maosh taklif qilmoqchi. Avvalroq Saudiya Arabistoni klubi Ronaldu bilan ikki yillik bitim uchun 242 million yevro taklif qilgani aytilgandi.

Tomonlar futbolchining yakuniy qarorini kutmoqda. Agar Ronaldu rozi bo‘lsa transfer tezda rasmiylashtiriladi.

37 yoshli futbolchi 22-noyabr kuni “Manchester Yunayted” bilan o‘zaro shartnomani bekor qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, “An-Nassr” jamoasida o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov to‘p suradi.

Mavzuga doir: Krishtianu Ronalduga Braziliya klubi qiziqish bildirmoqda