Inson vaqti-vaqti bilan zavqlanib turishni bilishi kerak. Turli manbalardan yangiliklarni o‘qish buning yechimi emas. Barcha salomatligi haqida o‘zi o‘ylashi muhim, ayniqsa ruhiy jihatdan. Tashvishlardan biroz tin olib, nafas olishga yordam beradigan hayotiy filmlar mavjud. Ular tinchlik, do‘stlik, sevgi, orzular va ijodkorlik haqida hikoya qiladi. The Voice Mag nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.

“Ish o‘rganuvchi” — 2015-yil

Chegaralar faqat xayolda bo‘lishini tasvirlovchi go‘zal hikoya. 70 yoshli beva qolgan Ben Uitaker (Robert De Niro) nafaqaga chiqishni o‘zi uchun emas, degan qarorga keladi va Jyul Ostin (Enn Xeteuey) tomonidan boshqariladigan onlayn do‘konda ish o‘rganuvchiga aylanadi.

“Benzokolonka malikasi” — 1963-yil

Balet bilan shug‘ullanishni orzu qilgan maftunkor qiz Lyudmila yoqilg‘i quyish shoxobchasiga keladi va u yerda ishlaydi. Odamlar, orzular va cheksiz optimizm haqidagi hayotiy komediya.

“Erin Brokovich” — 2000-yil

Bu inson huquqlari faoli Erin Brokovichning hayotiga asoslangan biografik filmdir. Uning hikoyasi juda oddiy boshlanadi: uch farzandning onasi (ikki marta ajrashgan va oliy ma’lumotsiz) ish topishga urinishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Biroq tabiiy qiziqish yuzlab odamlarning hayotini saqlab qolishiga olib keladi.

“Eys Ventura: Uy hayvonlari detektivi” — 1994-yil

Qiziqarli detektiv komediya hayvonlarga muhabbat haqida. Dam olish uchun eng yaxshi tanlov. Filmda ko‘plab kichik do‘stlar va o‘zining hazil-mutoyiba, mimika va plastikasi bilan tanilgan Jim Kerrini ko‘rish mumkin.

“Kumush konkilar” — 2020-yil

Ta’riflarga ko‘ra, XIX asr romantik davr hisoblanadi. Bu hikoya butunlay turli xil sinflarga mansub ikki yoshning kutilmaganda uchrashishi haqida. Yigit chiroqchining o‘g‘li, uning yagona boyligi otasidan meros qolgan kumush konki; qiz esa u ilm-fanni orzu qiladigan buyuk zotning qizi. Ular birgalikda orzulari sari harakat qilishga qaror qiladi.

“Shrek” — 2001-yil

Multfilmlar faqat bolalar uchun, deb kim aytdi? “Shrek” bolalar va kattalar uchun bir xil darajada qiziqarli bo‘lgan multfilmdir. G‘ayrioddiy sujet, ajoyib hazil va jozibali personajlar — tashvishlarni unutish uchun ajoyib kartina.

“Buyuk shoumen” — 2017-yil

Agar myuzikllarni yaxshi ko‘rsangiz, unda bu film sizga ma’qul kelishi aniq. Qolaversa, Xyu Jekman, Zak Efron va Zendaya va boshqa mahoratli aktyorlar ishtirokidagi real hayotga asoslangan film.

“1+1” — 2011-yil

Barchasi rahm-shafqat, hayotga bo‘lgan ishtiyoq, haqiqiy do‘stlik, oilaviy rishtalar va muhabbat haqida. Haqiqiy voqealarga asoslangan hikoya sizni befarq qoldirmaydi va, albatta, yaxshilik har doim g‘alaba qozonishi va turli xil farqlarga qaramay, odamlar bir-birlarini yaxshi ko‘rishga moyil bo‘lishi namoyon qiladi.