O‘zbekiston banklari tomonidan joriy yilning yanvar—oktabr oylari davomida 79,9 trln so‘mlik daromad olingan. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bunda foizsiz daromadlar 27,4 trln so‘mni, foizli daromadlar esa 52,5 trln so‘mni tashkil qilgan. 

O‘n oyda O‘zbekiston banklarining foizli va foizsiz xarajatlari mos ravishda 32,5 trln so‘m va 9,4 tlrn so‘m bo‘lgan. Shuningdek 11,4 trln so‘mlik operatsion xarajatlar qilingan. 

Yil boshidan beri O‘zbekistondagi banklar 2,5 trln so‘mlik foyda solig‘ini to‘lagan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,1 mlrd so‘mga ko‘p.

Banklar joriy yilda 8,1 trln so‘m sof foyda ko‘rgan. Ular tomonidan sentabr va oktabr oylarida 1 trln so‘mdan sof foydaga erishilgan. 

Yanvar—oktabr oylariga ko‘ra sof foyda miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 trln so‘mga ko‘paygan.

Avvalroq O‘zbekistonda banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish taklif qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.