Ayni vaqtda Navoiy shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Navoiy viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. 

Sessiya yakunida Prezident xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Normat Tursunov endi o‘z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan ko‘p yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilishi lozimligini aytdi. 

Yangi hokim bugundan boshlab o‘zining o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoshlarni birlashtirib, har bir tuman va shaharni, qishloq va mahallani rivojlantirish choralarini ko‘rishi lozimligi ta’kidlandi.