Ayni vaqtda Navoiy shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Navoiy viloyatida tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 2023-yilda 122 mingta ish o‘rni yaratish imkoni bor.

Shulardan kelib chiqib, prezident mutasaddilarga:

  • 2023-yilda 26 ta mahalliy sanoat markazi va kichik sanoat zonalarini tashkil etish;
  • oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha 100 milliard so‘m, kelgusi yilda 600 milliard so‘m yo‘naltirish;
  • Nurota, Xatirchi va Navbahordagi bo‘sh binolarda mono-markaz tashkil etib, kamida 5 ming yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;
  • M-37 magistral yo‘lida 3,5 mingta servis obyektlarini ishga tushirish;
  • Karmanadagi Mavlono Orif Deg-Garoniy majmuasini ta’mirlashga 15 milliard so‘m ajratish;
  • 20 ta turizm mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 50 milliard so‘mlik loyihani 2023-yil davlat dasturiga kiritishga topshiriq berdi.