Ayni kunda ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, Mudofa vazirligining rasmiy saytida hokimlarning harbiy kiyimda ko‘rinish berayotganidan xabaringiz bor. Mudofa vazirligi axborot xizmatining yozishicha, “Muborak”, “Nukus”, “Farg‘ona” va “Chirchiq” poligonlarida davlat hokimiyati rahbarlari ishtirokidagi yig‘inlar bo‘lib o‘tgan.

Foto: Mudofa vazirligi

Harbiy kiyimdagi Qashqadaryo hokimi, general mayor Murodjon Azimov.

Foto: Muborak tumani hokimligi

Mazkur yig‘inlar 5 kun davom etgan.

Harbiy kiyimdagi Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev.

Foto: Mudofa vazirligi

“Daryo”ning Qoraqalpog‘istondagi muxbiri Shuhrat Saidahmadov hudud rahbarlarining harbiy qismdagi xizmat jarayonlari aks etgan suratlarni to‘pladi.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov (zahiradagi polkovnik), Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev (zahiradagi polkovnik)

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy xizmatga kelayotgan Ellikqal’a va Kegeyli tumani hokimlari.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Suratda: Shumanay tumani hokimi Bahodir Yangiboyev (zahiradagi oddiy askar), Chimboy tumani hokimi Aybek Tajetdinov (zahiradagi oddiy askar) va Ellikqal’a tumani hokimi Seydamat Avezov (zahiradagi leytenant)

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, mazkur harbiy yig‘in prezidentning tegishli farmoniga muvofiq bugun, 25-noyabrga qadar davom etdi. Harbiy yig‘inda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov ham ko‘rinish bergan.

Avtomat sochayotgan Mo‘ynoq tumani hokimi zahiradagi oddiy askar Baxtiyar Menglibekov.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Pistolet sochayotgan Chimboy tumani hokimi, zahiradagi oddiy askar Aybek Tajetdinov.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Avtomat yig‘ishni o‘rganayotgan Ellikqal’a tumani hokimi, zahiradagi leytenant Seydamat Avezov.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Shartli dushmanga hujum qilayotgan Shumanay tumani hokimi, zahiradagi oddiy askar Bahodir Yangiboyev.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Nishonni aniq olayotgan Chimboy tumani hokimi, zahiradagi oddiy askar Aybek Tajetdinov.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Poligonga yetib kelgan Qoraqalpog‘iston Sog'liqni saqlash vaziri, zahiradagi oddiy askar Murod Qurbonov.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy mashg'ulotlarda zamonaviy qurolini ko'zdan kechirayotgan Kegeyli tumani hokimi, zahiradagi oddiy askar Davletbay Utemuratov.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy qurollarni ko'zdan kechirayotgan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Nurullan Erlepesov va Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Yo'ldosh Alimov.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy qismda tushlik qilayotgan Ellikqal’a (zahiradagi leytenant Seydamat Avezov), Mo‘ynoq (zahiradagi oddiy askar Baxtiyar Menglibekov), Shumanay (zahiradagi oddiy askar Bahodir Yangiboyev) va Xo'jayli (zahiradagi polkovnik Jenis Ermashev) tumani hokimlari.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

“Daryo” muxbirining aniqlashicha, harbiy yig‘inga Qoraqalpog‘istondagi hokimlar orasida ikki nafar hokim — Nukus shahri hokimi O‘temurat Panayev va Taxiatosh tumanining sobiq hokimi Ilhom Matkarimov (100 mln so‘m pora olganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan) bormagan.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Avtomat yig’ayotgan Qoraqalpog‘iston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Yo’ldosh Alimov.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Sobiq Mo‘ynoq tumani hokimi, amaldagi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri o'rinbosari Erpo‘lat Edenbayev.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istondagi vazirlar orasidan esa Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Nurullan Erlepesov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Yo‘ldosh Alimov, Sog‘liqni saqlash vaziri Murod Qurbonov bor. Qolgan vazirlar va hokimlarning o‘rinbosarlari ularning o‘rniga yig‘inda qatnashmoqda.