Buxoro viloyatida fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro Z.X. (muqaddam sudlangan) boshqa bir fuqaro A.J.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan video va fotosuratlarini internetda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 4 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: