UNG Petro Toshkent shahrida benzin quyish shoxobchalaridagi 25-noyabrga ko‘ra narxlarni e’lon qildi.

Foto: UNG Petro

Unga ko‘ra, Ai-80 Tatneft benzin quyish shoxobchasida eng qimmat narxda sotilmoqda — 1 litr uchun 7 800 so‘m. Bu narx 8-noyabrga nisbatan o‘zgarmagan. 

Ai-92 va Ai-95 ham eng baland narxda 

Tatneft shoxobchasi, shuningdek Ai-92 va Ai-95 turdagi benzinlarni ham  eng baland narxda taklif qilmoqda — 1 litr uchun mos ravishda 12 500 so‘m va 14 000 so‘m bilan sotilmoqda. 

Ai-80 benzinini eng arzon narxda Poytaxt oil 6 600 so‘mdan quyib bermoqda. Bu narx noyabr boshiga nisbatan 100 so‘mga oshgan.   

Ai-92 uchun eng arzon narxni UNG Petro benzin quyish shoxobchasi taklif qilmoqda — 9 500 so‘m. 

Ai-95 turdagi benzinni ham eng arzon narxda mijozlarga UNG Petro quyib bermoqda — 1 litriga 10 500 so‘m.

Mart oyidagi ma’lumotlardan farqli ravishda Ai-98 narxlari hech qaysi benzin quyish shoxobchasida ko‘rsatilmagan.

Noyabr boshiga nisbatan Mustang shoxobchasi narxlari ko‘rsatilmagan. Shuningdek, Ai-92 turdagi benzinning o‘rtacha narxlari pasaygan.

Avvalroq O‘zbekistonda 9 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgani ma’lum qilingandi.