Agar Yevropa Ittifoqida gaz narxi cheklansa, energiya savdogarlari qo‘shimcha 33 milliard dollar to‘lashlari kerak bo‘ladi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Yo‘qotishlar haqida yetakchi birja operatori Intercontinental Exchange (ICE) Yevropa Komissiyasini ogohlantirdi. 

TTF fyuchers bozoriga tayanadigan treyderlar savdo sug‘urtasi to‘lovlarining 80 foizga oshishiga duch kelishlari mumkin. 

Qit’alararo birja tahlilchilarining fikricha, to‘lovlarning bunday sezilarli darajada oshishi bozorni beqarorlashtiradi

Yevropa Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, energiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llaniladigan sug‘urtalar joriy yilda ikki baravar qimmatlagan. 

Bu ko‘plab kompaniyalarni kredit liniyalarini jalb qilishga va ko‘proq birjadan tashqari operatsiyalarni amalga oshirishga majbur qilmoqda. 

Yevropa Ittifoqi hukumati yozdan beri mintaqada gaz narxini oshirish bo‘yicha rejali cheklovni bajarishga shoshilmoqda. Bu esa iqtisodiy o‘sishni cheklab qo‘ydi va kommunal xizmatlarni qutqaruv fondlari orqali moliyalashtirishga majbur qilmoqda.

Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat yil oxirigacha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan kelishuvni ishlab chiqishga harakat qilmoqda.