Vengriya 2023-yilda mamlakat budjetidan 187 million yevro ajratadi va bu pullar Ukrainaga imtiyozli kredit sifatida o‘tkaziladi. Tegishli buyruqni bosh vazir Viktor Orban imzoladi, deb xabar bermoqda hukumat rasmiy jurnali.

Foto: Getty Images

Hujjatda qayd etilishicha, 187 million yevro Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 2023-yilda iqtisodiyotni tiklash uchun kreditlar berish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ajratilmoqda. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan kelishuvni tuzish bo‘yicha Ukraina bilan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Noyabr oyi boshida Yevropa komissiyasi Ukrainaga 2023-yilda “yuqori imtiyozli kreditlar” ko‘rinishida 18 milliard yevro ajratishga qaror qildi. Pullar mamlakatning moliyaviy ehtiyojlarini qoplashga — ish haqi va pensiyalarni to‘lashga, kasalxonalar va maktablarning ishlashini ta’minlashga, shuningdek, o‘qqa tutilib vayron bo‘lgan muhim infratuzilmani tiklashga yo‘naltirilishi kerak.

Heti Világgazdaság jurnali xabariga ko‘ra, Vengriya bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagan. Orban Ittifoq Ukrainaga qancha pul berishga tayyorligini aniqlab olishni va bu summani YI davlatlari o‘rtasida “mutanosib va ​​adolatli” taqsimlashni taklif qilgan. U Vengriya ikki tomonlama kelishuv doirasida Kiyevga yiliga 60—70 milliard forint (taxminan 150 million yevro) to‘lashini qo‘shimcha qilgandi.