Tecno kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelganiga unchalik ham ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, o‘ziga yarasha xaridorlarga ega bo‘ldi. Ammo bu hali hammasi emas, ko‘pchilik brendning o‘yin smartfonlari haqida ma’lumotga ega emas. Quyidagi maqolada kompaniyaning aynan haqiqiy o‘yin zavqini beradigan smartfoni — Pova Neo 2 haqida ma’lumot beriladi.

Ichki xususiyatlarga aloqasi yo‘q, ammo yoqimli jihatlar

Pova Neo 2 smartfoni haqida gapirishni ichki xususiyatlaridan emas, aynan tashqi ko‘rinishi va to‘plamidan boshlaymiz — eng qizig‘i hali oldinda.

Avvalo, komplektatsiyada hozirda ko‘pchilik brendlarda uchramaydigan ikki narsa — quvvatlash moslamasi (to‘liq) va quloqchinlar bor — elementar, ammo yoqimli jihat. Ikkinchidan, Pova Neo 2 ning dizayni tom ma’noda yoshlarbop hisoblanadi, oynali plastikdan bo‘lgan orqa korpusi va uning ajobtovur dizayni ko‘pchilikning oldida ajralib turishingizga yordam beradi.

Layfxak: oynali korpusdan orqa kamerada selfi tushish uchun ham foydalanish mumkin.

90 Gts yangilanish tezligiga ega displey

Endi ichki xususiyatlarga o‘tamiz. 6,8 dyumli IPS matritsali displey ko‘zlar uchun shunchaki zavq beradi, aslo charchatmaydi. Bunga 90 Gts yangilanish tezligini ham qo‘shadigan bo‘lsak — ideal. Telefonda qotishlar, ko‘zlarda esa charchoqlar yo‘q — uzoq vaqt smartfon bilan birga bo‘lish mumkin. Ayniqsa, onlayn o‘yinlar uchun ayni muddao.

“Motor” — MediaTek Helio G85 o‘yin protsessori

MediaTek Helio G85 o‘yin protsessori o‘zining energiya tejovchiligi bilan birgalikda hamyonbopligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi va Tecno Pova Neo 2 ga aynan ushbu qurilma o‘rnatilgan.

6 Gb operativ xotira, 128 Gb ichki xotira

Kompaniya o‘zining hamyonbop o‘yin smartfonlariga operativ va ichki xotiralarni ham yaxshisida o‘rnatgan: 6 Gb operativ xotira va 128 Gb ichki xotira — salkam kompyuter. Xotirani kattaytirish uchun SD karta ham qo‘shish imkoniyati bor. Bundan tashqari, smartfonning 4/64 Gb varianti ham bor.

16 Mp kamera

Smartfonning kamerasi haqida ko‘p to‘xtalmaymiz, chunki bu kamerafon emas, Pova Neo 2 — o‘yin gadjeti. Ammo bu bilan ham kunlik xotiralaringizni ajoyib tarzda tarixga muxrlab borishingiz mumkin. Chunki unda 16 Mp avtofokusli va portret rejimda ishlovchi chuqurlikni aniqlovchi datchikka ega kameralar bor. Tepadagi layfhak ham esdan chiqmasin.

Endi gadjetning asosiy xususiyati haqida: 7000 mAs batareya!

Pova Neo 2 ning “tashrif qog‘ozi” deb uning kuchli batareyasini aytishimiz mumkin. Unga salkam elektromobilni quvvatlash imkoniga ega batareya o‘rnatilgan — naqd 7000 mAs! Bunday batareyani har qanday narx segmentidagi smartfonlarda uchratish qiyin.

Bunday kuchli batareya va energiya tejovchi protsessorga ega smartfon o‘rtacha foydalanish bilan 3-3,5 kun ishlashi mumkin. Kun davomida o‘yin o‘ynashga ham quvvat bemalol yetadi. Quvvatlash haqida ko‘pam qayg‘urmaysiz. 18 Vtli quvvatlash moslamasi esa unchalik kuchli bo‘lmasa-da, 2-3 kunlik foydalanishga 2 soat quvvatlash juda yaxshi natija.

Bularning barchasi necha pul turadi?

Tecno Pova Neo 2 smartfonlari Toshkent shahridagi do‘konlarda 155 dollar (4/64 Gb) va 180 dollardan (6/128 Gb) sotilmoqda.

Reklama huquqi asosida.