Fransiyaning Parij shahrida joylashgan Luvr muzeyidagi O‘zbekiston ko‘rgazmasini tomosha qilish uchun turnaqator navbat yuzaga keldi.

23-noyabrdan boshlab Parijdagi Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi ochilgan. Ko‘rgazma Yevropa jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu kunlarda O‘zbekiston tarixi va madaniy hayoti aks etgan eksponatlarni ko‘rish uchun muzeyda katta navbat hosil bo‘lgan.

Qayd etilishicha, kelgusi yilning mart oyiga qadar davom etadigan ko‘rgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda.

Fotojamlanma