Parijdagi Arab dunyosi institutida “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva xabar qildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Qayd etilishicha, xalqaro jamoatchilik e’tiboriga O‘zbekistonning an’anaviy san’ati va hunarmandchiligi: muhtasham to‘qimachilik va kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi namunalari, kumush taqinchoqlar va ko‘plab boshqa buyumlar taqdim etilgan.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Tadbir yakunida “Lazgi — muhabbat va qalb raqsi” deb nomlangan balet asari namoyish etilgan.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

“Shunday paytlarda madaniyatimiz turli tillarda so‘zlasha olishiga yana bir bor ishonch hosil qilaman”, — deyiladi xabarda.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva