Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,78 so‘mga ko‘tarilib, 11 230,39 so‘mni tashkil qildi. Yevro 113,6 so‘mga oshib, 11 700,94 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,65 so‘mga yuqorilab, 186,04 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval ham dollar, yevro va rublning so‘mga nisbatan qiymati ko‘tarilgandi.