Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Shveysariya va Kamerun terma jamoalari 24-noyabr, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Kamerunda tug‘ilgan Brel Embolo afrikaliklar darvozasini ishg‘ol qilgan holda, Shveysariyani oldinga olib chiqdi.

Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi va Shveysariya ushbu g‘alaba orqali uch ochko qo‘lga kiritib, guruh yetakchisiga aylandi.

Guruhning ikkinchi o‘yini Braziliya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 24-noyabr tungi soat 00:00 da boshlanadi.

JCH—2022

1-tur bahsi

24-noyabr, payshanba

Shveysariya — Kamerun 1:0

Gol: 1:0 – 48 Embolo.

Shveysariya: Zommer, Vidmer, Elvedi, Akanji, Rodriges (Jemert, 90), Shakiri (Okafor, 72), Jaka, Froyler, Sou (Fray, 71), Vargas (Rider, 81), Embolo (Seferovich, 72).

Kamerun: Onana, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Zambo-Angissa, Gvet, Ongla (Ondua, 68), Shupo-Moting (Abubakar, 74), Toko-Ekambi (Nkudu, 74), Mbemo (Ngamale, 81).

Ogohlantirishlar: Fe (36), Elvedi (64), Akanji (83).