Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Portugaliya va Gana terma jamoalari 24-noyabr, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limi portugaliyaliklarning ustunligi ostida o‘tdi, biroq tanaffusga qadar gol bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘lim gollarga boy bo‘ldi.

65-daqiqada Krishtianu Ronaldu o‘zi ishlab olgan penaltini golga aylantirdi. Bunga ganaliklar 73-daqiqada Andrea Ayyuning goli bilan javob qaytardi.

78-daqiqada Joau Feliks portugaliyaliklarning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Rafael Leau hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 89-daqiqada Osman Bukari hisobni yana qisqartirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Portugaliya uch ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Urugvay va Janubiy Koreya hisobida bittadan ochko bor.

JCH—2022

1-tur bahsi

24-noyabr, payshanba

Portugaliya — Gana 3:2

Gollar: 1:0 – 65, penalti Ronaldu, 1:1 – 73 Ayyu, 2:1 – 78 Joau Feliks, 3:1 – 80 Rafael Leau, 3:2 – 89 Bukari.

Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Danilu Pereyra, Ruben Diash, Gerreyru, Otavio (Vilyam Karvalyu, 56), Bernardu Silva (Palinya, 88), Ruben Nevesh (Rafael Leau, 77), Brunu Fernandesh, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 88), Joau Feliks (Joau Mariu, 88).

Gana: Ati-Ziji, Seydu (Lempti, 66), Jiku (Semeno, 90), Amarti, Salisu, Baba, Parti, Kudus (Bukari, 77), Abdul-Samad (Kere, 90), Ayyu (Ayyu, 77), Uilyams.

Ogohlantirishlar: Kudus (45), Ayyu (49), Seydu (57), Uilyams (90), Danilu Pereyra (90), Brunu Fernandesh (90).